So’nggi yangiliklar

07:32Кубарси Европада йилнинг энг яхши ёш футболчисига бериладиган Golden Boy совринини қўлга киритди 0 07:01Бугун Абдусатторов Total Chess турниридаги иштирокини бошлайди 0 22:35Асадбек Самандаров Дакар Олимпиадасининг кумуш медали соҳиби 0 22:31Дакар-2026: Паризода Талабова кумуш медалга сазовор бўлди 0 20:30Ўзбекистонлик трамполинчилар Нанкиндаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 19:59Формула-1. Ландо Норрис — Бразилия Гран-приси ғолиби! 0 19:28Футзал. Ўзбекистон Тожикистонга жавобсиз учта гол урди 0 18:57Екатерина Гейниш Ўзбекистон терма жамоасини тарк этиб, яна Россия сафига қайтди 0 18:26Арман Царукян Пётр Яннинг ярим енгил вазнга ўтиш шартини айтди 0 17:55Трамп UFC раҳбарига Оқ уй матбуот котиби лавозимини таклиф қилганини ҳазил деб атади 0 17:24АПЛда илк истеъфо яқин. Жамоага янги мураббийликка номзодлар ҳам маълум — The Athletic 0 16:53Шавкат Раҳмонов жароҳати қайталангани ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди 0 16:21Хоккей бўйича Осиё чемпиони аниқланди 0 15:50Шоҳасан Мирзаматов Octagon 94 турнирида жанг қилади 0 15:19Флик "Барселона"нинг Ла Лигада "Атлетико" устидан қозонган ғалабасидан сўнг нималар деди? 0

22 jan 12:18
Yangiliklar

SHaxmat

Tata Steel Chess-2023. Nodirbek hamon peshqadam, Javohir 2-o'ringa ko'tarilib oldi (turnir jadvali)

SHu kunlarda Niderlandiyaning Veyk-an-Zee shahrida shaxmat bo'yicha nufuzli turnir o'tkazilmoqda.

Tata Steel Chess-2023 musobaqasida shaxmatchilarimiz Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindarov ham muvaffaqiyatli dona surishyapti. Nodirbek "Masters", Javohir esa "CHellenjer" guruhida o'z mahoratlarini namoyish etmoqdalar. 

Kecha o'tkazilgan 7-tur uchrashuvlarida har ikki yosh grossmeysterimiz g'alaba nashidasini surdi. "Masters", yani kuchlilar guruhida peshqadamlik qilayotgan Nodirbek qora donalarda o'ynashiga qaramay, Arjun Erigaysiga ilk mag'lubiyatni taqdim etdi. Hindistonlik shaxmatchi bungacha o'tkazilgan 6 ta partiyaning barchasida raqiblari bilan durang natija qayd etgandi. Abdusattorov 7 imkoniyatdan 5,5 ochko jamg'arib, hamon yakka peshqadamlikni davom ettirmoqda. Kuchli uchlikdan joy olgan Anish Giri (Niderlandiya) va Uesli So (AQSH) hisobida 4,5 tadan ochko bor.  

"CHellenjer" guruhida qatnashayotgan Javohir Sindarov (2654) esa 7-turda niderlandiyalik 17 yoshli Elin Robers (2361)ga qarshi oq donalarda o'ynadi va g'alabaga erishdi. Hamyurtimiz 7 imkoniyatdan 5 ochko jamg'arib, turnir jadvalida 4-pog'onadan 2-o'ringa ko'tarilib oldi. Germaniyalik Aleksandr Donchenko 5,5 ochko bilan karvonboshi bo'lib turibdi. Mustafo Yilmaz (Turkiya) 4,5 ochko bilan 3-o'ringa yakun yasagan.

Reyting: +2   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing