So’nggi yangiliklar

12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0 16:06"Сабаҳ" — жорий мавсум ушбу натижага эришган EЧЛдаги биринчи жамоа! 0 15:17Хргович Уордлига фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0 14:18Шакур Стивенсон Zuffa Boxing’дан кетганини эълон қилди 0 13:19Шожҳаҳон Эргашевни Озарбайжон ва Қирғизистондан жангга чорлашди 0 12:28Ламин Ямаль жорий мавсум Топ-5 лигаларда биринчи бўлиб ушбу натижага эришди 0

24 jan 08:15
Yangiliklar

SHaxmat

Tata Steel Chess 2026. Abdusattorov amaldagi jahon chempioni Gukeshni mag'lub etdi va yakka peshqadamga aylandi, Sindarov 2-o'rinda!

Niderlandiyaning Veyk-an-Zee shahrida o'tkazilayotgan shaxmat bo'yicha ananaviy Tata Steel Chess musobaqasining 6-turida o'zbek-hind qarama-qarshiligi kuzatildi.

Turnirning kuchlilar jam bo'lgan "Masters" guruhida dunyoning etakchi 14 nafar grossmeysteri qatorida hamyurtlarimiz Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindarov ham bosh sovrin uchun bahs olib boryapti. 

Quvonarlisi, kecha o'tkazilgan 6-turda Nodirbek Abdusattorov oq donalarda amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommaradjuga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuv durangga qarab borayotgan bir pallada Gukesh "blander"ga yo'l qo'ydi, yani grossmeysterlarga xos bo'lmagan o'ta qo'pol xatoga yo'l qo'ydi va shu onning o'zidayoq mag'lubiyatini tan oldi. SHaxmat mutaxassislari bu xatoni uchinchi razryadli shaxmatchi ham qilmaydi deyishmoqda. 

Ikkinchi ishtirokchimiz Javohir Sindarov bu turda yana bir hind shaxmatchisi bilan hisob-kitob qildi. U qora donalarda musobaqani omadsiz o'tkazayotgan Aravindx CHitambaramga qarshi bahs olib bordi va durangga imzo chekdi. Sindarov g'alabaga yaqin edi, ammo xato yurish sabab doskadagi vaziyat durang holatiga kelib qoldi.  

Har ikki shaxmatchimiz mag'lubiyatsiz yurishini davom ettirmoqda. Tata Steel Chess turnirining amaldagi chempioni, hindistonlik Rameshbabu Praggnanandha bu turda sloveniyalik Vladimir Fedoseev bilan murosaga keldi. Germaniyalik Vinsent Keymer qora donalarda o'ynaganiga qaramay, 6-turga qadar peshqadam bo'lib kelgan amerikalik Hans Niemanndan ustun keldi.  

Etiborlisi, 6-turdan so'ng Nodirbek Abdusattorov 4,5 ochko bilan yakka peshqadam bo'lib oldi. Javohir Sindarov 4 ochko bilan sof 2-o'ringa ko'tarildi. Vladimir Fedoseev, Hans Niemann va Vinsent Keymer hisobida 3,5 ochko bor va ular Top-5`dan joy olishgan. Amaldagi jahon chempioni Gukesh 3 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 8-pog'onadan joy olgan.  

Tata Steel Chess 2026. 6-tur natijalari:

Mattias Blubaum (Germaniya) — Arjun Erigaisi (Hindiston) 0,5-0,5

Yagiz Kaan Erdogmush (Turkiya) — Yorden van Forest (Niderlandiya) 1-0

Aravindx CHitambaram (Hindiston) — Javohir Sindarov (O'zbekiston) 0,5-0,5

Hans Niemann (AQSH) — Vinsent Keymer (Germaniya) 0-1  

Nodirbek Abdusattorov (O'zbekiston) — Gukesh Dommaraju (Hindiston) — 1-0

Anish Giri (Niderlandiya) — Tay Dai Van Nguen (CHexiya) 0,5-0,5 

Vladimir Fedoseev (Sloveniya) — Rameshbabu Pragnanandha (Hindiston) 0,5-0,5

Bugun o'tkaziladigan 7-turda Nodirbek Abdusattorov qora donalarda germaniyalik Vinsent Keymerga qarshi bahs olib boradi. Javohir Sindarov esa oq donalarda amerikalik Hans Niemann bilan hisob-kitob qiladi. Uchrashuvlar bizning vaqt bilan soat 18:00da boshlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing