So’nggi yangiliklar

12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0 16:06"Сабаҳ" — жорий мавсум ушбу натижага эришган EЧЛдаги биринчи жамоа! 0 15:17Хргович Уордлига фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0 14:18Шакур Стивенсон Zuffa Boxing’дан кетганини эълон қилди 0 13:19Шожҳаҳон Эргашевни Озарбайжон ва Қирғизистондан жангга чорлашди 0 12:28Ламин Ямаль жорий мавсум Топ-5 лигаларда биринчи бўлиб ушбу натижага эришди 0

21 jan 10:30
Yangiliklar

SHaxmat

Tata Steel Chess 2026. Abdusattorov ham, Sindarov ham 4-turda g'alaba qozonib, kuchli uchlikka kirdi

Niderlandiyaning Veyk-an-Zee shahrida o'tkazilayotgan shaxmat bo'yicha ananaviy Tata Steel Chess musobaqasida 4-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

Turnirning kuchlilar jam bo'lgan "Masters" guruhida dunyoning etakchi 14 nafar grossmeysteri qatorida hamyurtlarimiz Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindarov ham bosh sovrin uchun bahs olib boryapti. 

Quvonarlisi, kecha o'tkazilgan 4-turda har ikki grossmeysterimiz raqiblarini mag'lub etishni uddalashdi. Nodirbek Abdusattorov oq donalarda chexiyalik Tay Dai Van Nguenni, Javohir Sindarov esa qora donalarda o'ynaganiga qaramay, germanniyalik Mattias Blubaumni mag'lubiyatga uchratdi.

Tata Steel Chess turnirining amaldagi chempioni, hindistonlik Rameshbabu Praggnanandha bu turda amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommaradju bilan murosaga keldi. Amerikalik Xans Mok Niemenn qora donalarda hindistonlik Aravindx CHitambaramni mag'lub etishni uddaladi. 

To'rtinchi turdan so'ng ayna Niemann 3 ochko bilan turnir jadvalida qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra birinchi o'rinni egallab turibdi. Nodirbek Abdusattorov hislbida ham 3 ochko bor va u qo'shimcha koeficentlarga ko'ra ikkinchi o'rinni band etgan. U ikki g'alaba va ikki durang qayd etgan. Uchta uchrashuvda durang, bittasida zafar quchgan amaldagi Jahon kubogi sohibi Javohir Sindarov esa 2,5 ochko bilan qo'shimcha koeficentlarga ko'ra 11-pog'onadan 3-o'ringa ko'tarilib oldi. 

Tata Steel Chess 2026. 4-tur natijalari:

Nodirbek Abdusattorov (O'zbekiston) — Tay Dai Van Nguen (CHexiya) 1-0

Anish Giri (Niderlandiya) — Arjun Erigaisi (Hindiston) 0,5-0,5

Mattias Blubaum (Germaniya) — Javohir Sindarov (O'zbekiston) 0-1

Aravindx CHitambaram (Hindiston) — Xans Niemann (AQSH) 0-1

Gukesh Dommaraju (Hindiston) — Rameshbabu Pragnanandxa (Hindiston) 0,5-0,5

Vladimir Fedoseev (Sloveniya) — Yorden van Forest (Niderlandiya) 0,5-0,5

Yagiz Kaan Erdogmush (Turkiya) — Vinsent Keymer (Germaniya) 0,5-0,5  

Bugun musobaqada 5-tur uchrashuvlari o'tkaziladi va bizning vaqt bilan odatdagidek soat 18:00da boshlanadi. Unda Nodirbek Abdusattorov qora donalarda amerikalik Xans Mok Niemannga qarshi bahs olib boradi. Javohir Sindarov esa oq donalarda turkiyalik 14 yoshli grossmeyster Yagiz Kaan Erdogmush bilan hisob-kitob qiladi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing