So’nggi yangiliklar

12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0 16:06"Сабаҳ" — жорий мавсум ушбу натижага эришган EЧЛдаги биринчи жамоа! 0 15:17Хргович Уордлига фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0 14:18Шакур Стивенсон Zuffa Boxing’дан кетганини эълон қилди 0 13:19Шожҳаҳон Эргашевни Озарбайжон ва Қирғизистондан жангга чорлашди 0 12:28Ламин Ямаль жорий мавсум Топ-5 лигаларда биринчи бўлиб ушбу натижага эришди 0

31 jan 10:41
Yangiliklar

SHaxmat

Tata Steel Chess 2026. Arjunni mag'lub etgan Cindarov peshqadam Abdusattorovga etib oldi + FOTO

Niderlandiyaning Veyk-an-Zee shahri mezbonlik qilayotgan shaxmat bo'yicha ananaviy Tata Steel Chess musobaqasida 11-turidan so'ng ikki o'zbek grossmeysteri jadvalda qo'shhokimga aylandi.

Turnirning kuchlilar jam bo'lgan "Masters" guruhida dunyoning etakchi 14 grossmeysteri qatorida hamyurtlarimiz Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindarov ham bosh sovrin uchun bahs olib boryapti va etiborlisi, kecha o'tkazilgan 11-turdan so'ng ikki shaxmatchimiz 7 tadan ochko jamg'arib, turnir jadvalida qo'shhokim bo'lib olishdi. Qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra Javohir 1-o'rinni band etgan, Nodirbek esa 2-o'rinda.   

Kechagi turgacha peshqadam bo'lib kelgan Abdusattorov qora donalarda niderlandiyalik Yorden van Forest bilan murosaga keldi. Sindarov esa qora donalarda o'ynaganiga qaramay, Hindistonning birinchi raqamli shaxmatchisi Arjun Ergaisini mag'lub etishga muvaffaq bo'ldi. 

Musobaqaning amaldagi chempioni hindistonlik Rameshbabu Pragganandha oq donalarda harakat qilib, germaniyalik Vinsent Keymerga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Sloveniyalik Vladimir Fedoseev yana bir olmon shaxmatchisi Mattias Blubaum bilan durang o'ynadi. Turkiyalik 14 yoshli grossmeyster Yagiz Kaan Erdogmush mezbonlar vakili Anish Giriga yutqazdi. Amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommaradju hind derbisida Aravindh CHitambaram bilan murosaga keldi. 

O'n birinchi turdan so'ng Javohir Sindarov va Nodirbek Abdusattorov 7 tadan ochko jamarib, birinchi va ikkinchi o'rinlarni band etishgan. Yorden van Forest, Mattias Blubaum va amerikalik Hans Niemann hisobida 6,5 ochkodan bor. Vinsent Keymer 6 ochko bilan 6-o'rindan joy olgan.  

Tata Steel Chess 2026. 11-tur natijalari:

Rameshbabu Pragnanandha (Hindiston) — Vinsent Keymer (Germaniya) 0-1 

Tay Dai Van Nguen (CHexiya) — Hans Niemann (AQSH) 0-1

Vladimir Fedoseev (Sloveniya) — Mattias Blubaum (Germaniya) 0,5-0,5 

Yorden van Forest (Niderlandiya) — Nodirbek Abdusattorov (O'zbekiston) 0,5-0,5

Arjun Erigaisi (Hindiston) — Javohir Sindarov (O'zbekiston) 0-1

Anish Giri (Niderlandiya) — Yagiz Kaan Erdogmush (Turkiya) 1-0 

Gukesh Dommaraju (Hindiston) — Aravindh CHitambaram (Hindiston) 0,5-0,5

Bugun turnirda 12-turda Nodirbek Abdusattorov oq donalarda musobaqa kashfiyotlaridan biri germaniyalik Mattias Blubaumga qarshi bahs olib boradi. Javohir Sindarov ham oq donalarda o'ynaydi. U hindistonlik Rameshbabu Praggnanandha bilan hisob-kitob qiladi. Uchrashuvlar bizning vaqt bilan soat 18:00da boshlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing