So’nggi yangiliklar

10:53Афсонавий Шумахернинг ҳозирги аҳволи ҳақида маълумот берилди 0 10:30БУМ! Рамазон Темиров Тошкентда UFC собиқ жангчисига қарши октагонга чиқади! (ПОСТЕР) 0 10:05Дани Алвес профессионал футболга қайтиши мумкин 0 09:38Tata Steel Chess 2026. Бугун Нидерландияда ўзбек дербиси бўлиб ўтади 0 09:17Кудерметова Маниладаги WTA 125 турниридаги иштирокини бошлади 0 08:56Жон МакКарти Жин Сильванинг "сакраши"га эксперт баҳосини берди 0 08:35Футзал харитаси: Барча йўллар Жакартага олиб боради 0 08:14Арина Соболенко Australian Open 1/2 финалига чиқди 0 07:53Дастин Порье Гэтжи билан трилогия учун "қафас"га қайтишга тайёрлигини айтди 0 07:32Mangu промоушени қозоғистонлик собиқ UFC жангчиси билан шартнома имзолади + ПОСТЕР 0 07:11Ўзбекистон миллий терма жамоаси Хитой билан жанговар дуранг қайд этди 0 18:46Президент Шавкат Мирзиеёв Геннадий Головкин билан учрашди + ФОТО 0 16:02Пэдди Пимблеттнинг рафиқаси эрининг соғлиғи ҳақида маълумот берди 0 15:08Арман Царукян: "Мен Гэтжи, Топурия Махачев билан жанг қилади" 0 13:24Ўзбекистон терма жамоаси бугун Хитой билан ўйнайди 0

27 jan 09:38
Yangiliklar

SHaxmat

Tata Steel Chess 2026. Bugun Niderlandiyada o'zbek derbisi bo'lib o'tadi

Niderlandiyaning Veyk-an-Zee shahrida o'tkazilayotgan shaxmat bo'yicha ananaviy Tata Steel Chess musobaqasida bir kunlik dam olishdan so'ng 9-turga navbat etib keldi.

Turnirning kuchlilar jam bo'lgan "Masters" guruhida dunyoning etakchi 14 grossmeysteri qatorida hamyurtlarimiz Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindarov ham bosh sovrin uchun bahs olib boryapti. Bugungi tur oldidan Nodirbek 5,5 ochko bilan birinchi, 5 ochkoga ega Javohir esa ikkinchi o'rinni egallab turibdi.  

Etiborlisi shundaki, bugun o'tkaziladigan 9-turda o'zbek derbisiga guvoh bo'lamiz. Unda Sindarov oq donalarda Abdusattorovga qarshi bahs olib boradi. G'alaba qozongan taqdirda Javohir 6 ochko bilan peshqadamga aylanib olishi mumkin. Durang holatda shaxmatchilarimiz birinchi va ikkinchi o'rinlarini saqlab qolishadi.  

Bir yo'la uch ishtirokchi - Hans Niemann (AQSH), Yagiz Kaan Erdogmush (Turkiya) va Yorden van Forest (Niderlandiya) 4,5 ochkodan jamg'arib, Top-5`ga yakun yasab turibdi. Bugungi uchrashuvlar bizning vaqt bilan soat 18:15da boshlanadi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing