So’nggi yangiliklar

13:39Mangu 5 турнири учун яна бир қизиқарли жанг тасдиқланди + ПОСТЕР 0 13:10Шон О’Мэлли Умар Нурмагомедовнинг мағлубиятига изоҳ берди 0 12:44Фабрицио Романо Карим Бенземанинг келажаги ҳақида инсайд эълон қилди 0 12:08Жокович 20 йилда илк бор "Катта Дубулға" турнири стартидаёқ мағлуб бўлди 0 11:42Жастин Гэтжи: "Иккала қўлим ҳам Топурия билан бўлган жангдан кейин ҳалиям оғрияпти" 0 11:15Муҳаммад Мокаев ACBJJ Лигаси камари учун жанг қилди 0 10:43Бруну Фернандеш Роналдуга етиб олди 0 10:16Конор қўлқопсиз жангларга (bare-knuckle) ўтишни режалаштиряпти 0 09:47Lausanne Grand Slam 2026. Терма жамоамиз 5 та медаль билан 77 давлат орасида нечанчи бўлди? ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 09:24Мозес Итаума нокаутли мағлубиятига илк бор изоҳ берди 0 08:59"Башакшеҳир" ўйиннинг сўнгги дақиқаларида ғалабани қўлдан чиқарди, Шомуродов яна гол урди 0 08:28Забит Магомедшарипов етти йиллик танаффусдан сўнг илк ғалабасини қўлга киритди 0 08:01US Open 2026. Камилла Раҳимова илк даврада дунёнинг 29-ракеткасини таслим этди 0 20:18Таэквондочи қизларимиз Тайюан турнирини 2 та бронза медали билан якунлашди 0 19:47"Милан" Леау "Галатасарой"га ўтганини эълон қилди 0

19 jan 09:56
Yangiliklar

SHaxmat

Tata Steel Chess 2026. Nodirbek Abdusattorov amaldagi chempionni mag'lub etdi, u peshqadamlar safida

Niderlandiyaning Veyk-an-Zee shahrida o'tkazilayotgan shaxmat bo'yicha ananaviy Tata Steel Chess musobaqasida 2-tur uchrashuvlari ortda qoldi.

Turnirning kuchlilar jam bo'lgan "Masters" guruhida dunyoning etakchi 14 nafar grossmeysteri, ular qatorida hamyurtlarimiz Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindarov ham bosh sovrin uchun bahs olib boryapti. 

Kecha o'tkazilgan 2-turda Nodirbek Abdusattorov oq donalarda Tata Steel Chess turnirining amaldagi chempioni, hindistonlik Rameshbabu Praggnanandhaga qarshi bahs olib bordi va muqarrar durangni g'alabaga aylantirdi. Bu Rameshbabuning ikkinchi mag'lubiyati bo'ldi. Grossmeysterimiz bir durang va bir g'alaba - 1,5 ochko evaziga turnir jadvalida peshqadamlar safiga kirib oldi. Uch nafar shaxmatchi hisobida 1,5 ochkodan bor.   

Amaldagi Jahon kubogi sohibi Javohir Sindarov 2-turda durang natija qayd etdi. U  qora donalarda niderlandiyalik Anish Giri bilan murosaga keldi. Javohir birinchi turda amaldagi jahon chempioni hindistonlik Gukesh Dommaradju bilan ham durang o'ynagan edi. 

Tata Steel Chess 2026. 2-tur natijalari:

Mattias Blyubaum (Germaniya) — Xans Niemann (AQSH) 0,5-0,5

Anish Giri (Niderlandiya) — Javohir Sindarov (O'zbekiston) 0,5-0,5

Gukesh Dommaraju (Hindiston) — Yorden van Forest (Niderlandiya) 0,5-0,5

Nodirbek Abdusattorov (O'zbekiston) — Rameshbabu Pragnanandxa (Hindiston) 1-0

Tay Dai Van Nguen (CHexiya) — Arjun Erigaisi (Hindiston) 0,5-0,5

Vladimir Fedoseev (Sloveniya) — Vinsent Keymer (Germaniya) 1-0

Yagiz Kaan Erdogmush (Turkiya) — Aravindx CHitambaram (Hindiston) 0,5-0,5

Bugun musobaqada 3-tur uchrashuvlari o'tkaziladi va bizning vaqt bilan soat 18:00da boshlanadi. Unda Nodirbek Abdusattorov qora donalarda hindistonlik Aravindh CHitambaramga qarshi bahs olib boradi. Javohir Sindarov esa oq donalarda sloveniyalik Vladimir Fedoseev bilan hisob-kitob qiladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing