So’nggi yangiliklar

11:42Жастин Гэтжи: "Иккала қўлим ҳам Топурия билан бўлган жангдан кейин ҳалиям оғрияпти" 0 11:15Муҳаммад Мокаев ACBJJ Лигаси камари учун жанг қилди 0 10:43Бруну Фернандеш Роналдуга етиб олди 0 10:16Конор қўлқопсиз жангларга (bare-knuckle) ўтишни режалаштиряпти 0 09:47Lausanne Grand Slam 2026. Терма жамоамиз 5 та медаль билан 77 давлат орасида нечанчи бўлди? ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 09:24Мозес Итаума нокаутли мағлубиятига илк бор изоҳ берди 0 08:59"Башакшеҳир" ўйиннинг сўнгги дақиқаларида ғалабани қўлдан чиқарди, Шомуродов яна гол урди 0 08:28Забит Магомедшарипов етти йиллик танаффусдан сўнг илк ғалабасини қўлга киритди 0 08:01US Open 2026. Камилла Раҳимова илк даврада дунёнинг 29-ракеткасини таслим этди 0 20:18Таэквондочи қизларимиз Тайюан турнирини 2 та бронза медали билан якунлашди 0 19:47"Милан" Леау "Галатасарой"га ўтганини эълон қилди 0 19:19Бухоро “Uzbekistan Judo Tour” ғолиб ва совриндорлари аниқланди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 18:53Рожер Федерер теннис шон-шуҳрат залига киритилди 0 18:36Мужибилло Турсунов Россиядаги IBA турнирида ғалабага эришди 0 18:17Мозес Итаумани рингдан замбилда олиб чиқиб кетишди (ВИДЕО) 0

28 jan 09:02
Yangiliklar

SHaxmat

Tata Steel Chess 2026. O'zbek derbisi bo'lib o'tdi. Turnir jadvalida vaziyat o'zgardimi?

Niderlandiyaning Veyk-an-Zee shahri mezbonlik qilayotgan shaxmat bo'yicha ananaviy Tata Steel Chess musobaqasida bir kunlik dam olishdan so'ng 9-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

Turnirning kuchlilar jam bo'lgan "Masters" guruhida dunyoning etakchi 14 grossmeysteri qatorida hamyurtlarimiz Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindarov ham bosh sovrin uchun bahs olib boryapti. Kechagi tur oldidan Nodirbek 5,5 ochko bilan birinchi, 5 ochkoga ega Javohir ikkinchi o'rinni egallab turgandi.  

Etiborlisi shundaki, 9-turda o'zbek derbisiga guvoh bo'ldik. Oq donalarda o'ynagan Sindarov Abdusattorov bilan durangga imzo chekdi. Bu turnir jadvali nuqtai nazaridan ideal hisob bo'ldi deyish mumkin. Agar Javohir g'alaba qozonganida, 6 ochko bilan peshqadamga aylanib olar edi. 

Sindarov musobaqadagi mag'lubiyatsiz yurishini davom ettirmoqda. Nodirbekka yutqazgan amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommaradju bu safar ham imkoniyatni boy berib qo'ydi. Turnirni omadsiz o'tkazayotgan Gukesh oq donalarda o'ynaganiga qaramay, germaniyalik Mattias Blubaumga yutqazdi. Turkiyalik 14 yoshli grossmeyster Yagiz Kaan Erdogmush qora donalarda o'ynab, chexiyalik Tay Dai Van Nguenni engdi va ochkolarini Sindarovga etkazib oldi. Niderlandiyalik Yorden van Forest ham ochkolarini 5,5 taga etkazdi. Tata Steel Chess turnirining amaldagi chempioni, hindistonlik Rameshbabu Praggnanandha 9-turda nihoyat g'alaba qozondi. U vatandoshi, turnir autsayderi Aravindx CHitambaramdan ustun keldi. 

Tata Steel Chess 2026 9-turidan so'ng Nodirbek Abdusattorov 6 ochko bilan yakka peshqadamligini davom ettirmoqda. Javohir Sindarov 5,5 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 2-o'rinni saqlab qoldi. Yagiz Kaan Erdogmush va Yorden van Forest hisobida ham 5,5 ochkodan bor. Amaldagi jahon chempioni Gukesh 4 ochko bilan 10-pog'onadan joy olgan.  


Tata Steel Chess 2026. 9-tur natijalari:

Gukesh Dommaraju (Hindiston) — Mattias Blubaum (Germaniya) 0-1 

Tay Dai Van Nguen (CHexiya) — Yagiz Kaan Erdogmush (Turkiya) 0-1 

Anish Giri (Niderlandiya) — Vladimir Fedoseev (Sloveniya) 0,5-0,5 

Javohir Sindarov (O'zbekiston) — Nodirbek Abdusattorov (O'zbekiston) 0,5-0,5 

Yorden van Forest (Niderlandiya) — Vinsent Keymer (Germaniya) 1-0

Arjun Erigaisi (Hindiston) — Hans Niemann (AQSH) 0,5-0,5

Rameshbabu Pragnanandha (Hindiston) — Aravindx CHitambaram (Hindiston) 1-0

Bugun o'tkaziladigan 10-turda Nodirbek Abdusattorov oq donalarda sloveniyalik Vladimir Fedoseevga qarshi bahs olib boradi. Javohir Sindarov ham oq donalarda mezbonlar vakili Yorden van Forest bilan hisob-kitob qiladi. Uchrashuvlar bizning vaqt bilan soat 18:15da boshlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing