So’nggi yangiliklar

12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0 16:06"Сабаҳ" — жорий мавсум ушбу натижага эришган EЧЛдаги биринчи жамоа! 0 15:17Хргович Уордлига фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0 14:18Шакур Стивенсон Zuffa Boxing’дан кетганини эълон қилди 0 13:19Шожҳаҳон Эргашевни Озарбайжон ва Қирғизистондан жангга чорлашди 0 12:28Ламин Ямаль жорий мавсум Топ-5 лигаларда биринчи бўлиб ушбу натижага эришди 0

25 jan 11:11
Yangiliklar

SHaxmat

Tata Steel Chess 2026. Peshqadam Abdusattorovda to'rtinchi g'alaba, Sindarov hamon 2-o'rinda!

Niderlandiyaning Veyk-an-Zee shahrida o'tkazilayotgan shaxmat bo'yicha ananaviy Tata Steel Chess musobaqasida 7-tur ortda qoldi.

Turnirning kuchlilar jam bo'lgan "Masters" guruhida dunyoning etakchi 14 grossmeysteri qatorida hamyurtlarimiz Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindarov ham bosh sovrin uchun bahs olib borishyapti. 

Quvonarlisi, kecha o'tkazilgan 7-turda Nodirbek Abdusattorov to'rtinchi g'alabasini qo'lga kiritdi. Hamyurtimiz qora donalarda o'ynaganiga qaramay, reytingda o'zidan biroz yuqorida turgan germaniyalik Vinsent Keymerni mag'lubiyatga uchrata oldi. 

Ikkinchi ishtirokchimiz Javohir Sindarov bu turda yana durang natija qayd etdi. Amerikalik Hans Niemannga qarshi oq donalarda o'ynagan Javohir tajribali raqibi bilan murosaga keldi. Har ikki shaxmatchimiz musobaqadagi mag'lubiyatsiz yurishini davom ettirdi.

O'tgan turda Nodirbekka yutqazgan amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommaradju bu safar ham imkoniyatni boy berib qo'ydi. Mezbonlar vakili Anish Giri qora donalarda jahon chempionini taslim etdi. Tata Steel Chess turnirining amaldagi chempioni, hindistonlik Rameshbabu Praggnanandha 7-turda germaniyalik Mattias Blubaum bilan durangga rozi bo'ldi. 

Tata Steel Chess 2026 7-turidan so'ng Nodirbek Abdusattorov 5,5 ochko bilan yakka peshqadamligini saqlab qoldi. Javohir Sindarov 4,5 ochko bilan sof 2-o'rinni egallab turibdi. Hans Niemann, turkiyalik 14 yoshli grossmeyster Yagiz Kaan Erdogmush, Vladimir Fedoseev va Yorden van Forest hisobida 4 ochkodan bor. Amaldagi jahon chempioni Gukesh 3 ochko bilan 9-pog'onadan joy olgan.  

Tata Steel Chess 2026. 7-tur natijalari:

Tay Dai Van Nguen (CHexiya) — Vladimir Fedoseev (Sloveniya) 0,5-0,5

Rameshbabu Pragnanandha (Hindiston) — Mattias Blubaum (Germaniya) 0,5-0,5 

Vinsent Keymer (Germaniya) — Nodirbek Abdusattorov (O'zbekiston) 0-1  

Gukesh Dommaraju (Hindiston) — Anish Giri (Niderlandiya) 0-1

Javohir Sindarov (O'zbekiston) — Hans Niemann (AQSH) 0,5-0,5

Yorden van Forest (Niderlandiya) — Aravindx CHitambaram (Hindiston) 1-0

Arjun Erigaisi (Hindiston) — Yagiz Kaan Erdogmush (Turkiya) 0-1 

Bugun o'tkaziladigan 8-turda Nodirbek Abdusattorov oq donalarda niderlandiyalik Anish Giriga qarshi bahs olib boradi. Javohir Sindarov esa qora donalarda germaniyalik Vinsent Keymer bilan hisob-kitob qiladi. Uchrashuvlar bizning vaqt bilan soat 18:00da boshlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing