So’nggi yangiliklar

12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0 16:06"Сабаҳ" — жорий мавсум ушбу натижага эришган EЧЛдаги биринчи жамоа! 0 15:17Хргович Уордлига фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0 14:18Шакур Стивенсон Zuffa Boxing’дан кетганини эълон қилди 0 13:19Шожҳаҳон Эргашевни Озарбайжон ва Қирғизистондан жангга чорлашди 0 12:28Ламин Ямаль жорий мавсум Топ-5 лигаларда биринчи бўлиб ушбу натижага эришди 0

18 jan 08:14
Yangiliklar

SHaxmat

Tata Steel Chess 2026. Sindarov 1-turda amaldagi jahon chempioni, Abdusattorov 14 yoshli grossmeyster bilan o'ynadi

Niderlandiyaning Veyk-an-Zee shahrida shaxmat bo'yicha ananaviy Tata Steel Chess musobaqasiga start berildi.

Turnirning kuchlilar jam bo'lgan "Masters" guruhida dunyoning etakchi 14 nafar grossmeysteri, ular qatorida hamyurtlarimiz Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindarov ham bosh sovrin uchun bahslarga kirishdi. 

Kecha o'tkaziladigan 1-turda amaldagi Jahon kubogi sohibi Javohir Sindarov amaldagi jahon chempioni hindistonlik Gukesh Dommaradjuga qarshi oq donalarda o'ynadi. O'ta murosasiz va uzoq davom etgan uchrashuvda Sindarov muqarrar mag'lubiyatdan chiqib ketib, durang natija qayd etdi. Bu g'alabaga teng durang bo'ldi. Nodirbek Abdusattorov esa qora donalarda dunyoning eng yosh to'rtinchi grossmeysteri, turkiyalik 14 yoshli Yagiz Kaan Erdogmushga qarshi qora donalarda harakat qildi va u ham yosh raqibi bilan murosaga keldi. 

Tata Steel Chess turnirining amaldagi chempioni Rameshbabu Pragnanandha Hindiston derbisida vatandoshi Arjun Erigaisiga imkoniyatni boy berdi. Amerikalik Hans Niemann va germaniyalik Vinsent Keymer ishtiroklarini g'alaba bilan boshlashdi. Qolgan partiyalar durang natija bilan yakuniga etdi.   

Tata Steel Chess 2026. 1-tur natijalari:

Aravindx CHitambaram (Hindiston) — Mattias Blyubaum (Germaniya) 0,5-0,5

Xans Niemann (AQSH) — Vladimir Fedoseev (Sloveniya) 1-0

Vinsent Keymer (Germaniya) — Anish Giri (Niderlandiya) 1-0

Javohir Sindarov (O'zbekiston) — Gukesh Dommaraju (Hindiston) 0,5-0,5

Yorden van Forest (Niderlandiya) — Tay Dai Van Nguen (CHexiya 0,5-0,5)

Arjun Erigaisi (Hindiston) — Rameshbabu Pragnanandxa (Hindiston) 1-0

Yagiz Kaan Erdogmush (Turkiya) — Nodirbek Abdusattorov (O'zbekiston) 0,5-0,5


Bugun musobaqada 2-tur uchrashuvlari o'tkaziladi va bizning vaqt bilan soat 18:00da boshlanadi. Unda Nodirbek Abdusattorov oq donalarda hindistonlik Rameshbabu Praggnanandhaga qarshi bahs olib boradi. Javohir Sindarov esa qora donalarda niderlandiyalik Anish Giriga qarshi o'ynaydi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing