So’nggi yangiliklar

12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0 16:06"Сабаҳ" — жорий мавсум ушбу натижага эришган EЧЛдаги биринчи жамоа! 0 15:17Хргович Уордлига фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0 14:18Шакур Стивенсон Zuffa Boxing’дан кетганини эълон қилди 0 13:19Шожҳаҳон Эргашевни Озарбайжон ва Қирғизистондан жангга чорлашди 0 12:28Ламин Ямаль жорий мавсум Топ-5 лигаларда биринчи бўлиб ушбу натижага эришди 0

22 jan 07:52
Yangiliklar

SHaxmat

Tata Steel Chess 2026. Sindarovda ketma-ket g'alaba, har ikki grossmeysterimiz peshqadamlar safida

Niderlandiyaning Veyk-an-Zee shahrida o'tkazilayotgan shaxmat bo'yicha ananaviy Tata Steel Chess musobaqasida 5-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

Turnirning kuchlilar jam bo'lgan "Masters" guruhida dunyoning etakchi 14 nafar grossmeysteri qatorida hamyurtlarimiz Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindarov ham bosh sovrin uchun bahs olib boryapti. 

Quvonarlisi, kecha o'tkazilgan 5-turda Javohir Sindarov ketma-ket ikkinchi g'alabasini qo'lga kiritdi. U oq donalarda harakat qilib, dunyoning eng yosh to'rtinchi grossmeysteri, turkiyalik 14 yoshli Yagiz Kaan Erdogmushni chiroyli usulda mag'lubiyatga uchratdi. Nodirbek Abdusattorov esa bu turda qora donalarda musobaqa peshqadami amerikalik Xans Mok Niemenn bilan durang o'ynadi. 

Tata Steel Chess turnirining amaldagi chempioni, hindistonlik Rameshbabu Praggnanandha bu turda mezbonlar vakili Anish Giri bilan murosaga keldi. Amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommaradju esa qora donalarda o'ynaganiga qaramay, CHexiya sharafini himoya qilayotgan Tay Dai Van Nguenni taslim etdi. Bu chex shaxmatchisi bundan oldingi turda Nodirbekka ham yutqazgandi. 

Beshinchi turdan so'ng Hans Niemann, Javohir Sindarov va Nodirbek Abdusattorov 3,5 ochkodan jamg'arib, kuchli uchlikni band etib turishibdi. Hans qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 1-o'rinda qolmoqda. Sindarov ikkinchi o'ringa ko'tarilgan bo'lsa, Nodirbek Abdusattorov uchinchi pog'onadan joy olgan. Vladimir Fedoseev Gukesh Dommaradju va Yorden van Forest hisobida 3 ochkodan bor. 

Tata Steel Chess 2026. 5-tur natijalari:

Javohir Sindarov (O'zbekiston) — Yagiz Kaan Erdogmush (Turkiya) 1-0

Vinsent Keymer (Germaniya) — Aravindx CHitambaram (Hindiston) 1-0  

Rameshbabu Pragnanandxa (Hindiston) — Anish Giri (Niderlandiya) 0,5-0,5

Hans Niemann (AQSH) — Nodirbek Abdusattorov (O'zbekiston) 0,5-0,5

Yorden van Forest (Niderlandiya) — Mattias Blubaum (Germaniya) 0,5-0,5

Arjun Erigaisi (Hindiston) — Vladimir Fedoseev (Sloveniya) 0-1

Tay Dai Van Nguen (CHexiya) — Gukesh Dommaraju (Hindiston) — 0-1

Bugun musobaqada dam olish kuni sifatida elon qilingan. Ertaga, 23 yanvar kuni o'tkaziladigan 6-turda Nodirbek Abdusattorov oq donalarda amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommaradju bilan hisob-kitob qiladi. Javohir Sindarov esa qora donalarda musobaqani omadsiz o'tkazayotgan hindistnonlik Aravindx CHitambaramga qarshi bahs olib boradi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing