So’nggi yangiliklar

09:47Lausanne Grand Slam 2026. Терма жамоамиз 5 та медаль билан 77 давлат орасида нечанчи бўлди? ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 09:24Мозес Итаума нокаутли мағлубиятига илк бор изоҳ берди 0 08:59"Башакшеҳир" ўйиннинг сўнгги дақиқаларида ғалабани қўлдан чиқарди, Шомуродов яна гол урди 0 08:28Забит Магомедшарипов етти йиллик танаффусдан сўнг илк ғалабасини қўлга киритди 0 08:01US Open 2026. Камилла Раҳимова илк даврада дунёнинг 29-ракеткасини таслим этди 0 20:18Таэквондочи қизларимиз Тайюан турнирини 2 та бронза медали билан якунлашди 0 19:47"Милан" Леау "Галатасарой"га ўтганини эълон қилди 0 19:19Бухоро “Uzbekistan Judo Tour” ғолиб ва совриндорлари аниқланди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 18:53Рожер Федерер теннис шон-шуҳрат залига киритилди 0 18:36Мужибилло Турсунов Россиядаги IBA турнирида ғалабага эришди 0 18:17Мозес Итаумани рингдан замбилда олиб чиқиб кетишди (ВИДЕО) 0 17:44Ян Диоманденинг "Реал"га трансфери мадридликларга 230 миллион еврога тушади 0 17:08Бу факт: Нурсултон Рўзибоев UFC'да энг узун ғалабали сериядаги тўрт жангчидан бири! 0 16:35US Open 2026. Бугун Раҳимова, эртага Тимофеева асосий тўрдаги иштирокини бошлайди 0 16:01Гусковнинг мураббийи: "Мағлубият сабабини биламан" 0

01 fev 10:20
Yangiliklar

SHaxmat

Tata Steel Chess 2026. Taqibchisini mag'lub etgan Abdusattorov yakka peshqadam, Cindarov sof ikkinchi + FOTO

Niderlandiyaning Veyk-an-Zee shahri mezbonlik qilayotgan shaxmat bo'yicha ananaviy Tata Steel Chess musobaqasi yakunlanishiga bir tur qolganda ham o'zbek grossmeysterlarining peshqadamligi saqlanib qoldi.

Turnirning kuchlilar jam bo'lgan "Masters" guruhida dunyoning etakchi 14 grossmeysteri qatorida hamyurtlarimiz Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindarov ham bosh sovrin uchun bahs olib boryapti. Kecha tunda o'tkazilgan 12-turdan so'ng Nodirbek 8 ochko bilan yana yakka karvonboshi bo'lib oldi. 

Abdusattorov oq donalarda yaqin taqibchilaridan biri, germaniyalik Mattias Blubaumni mag'lubiyatga uchratishga muvaffaq bo'ldi. Javohir Sindarov esa oq donalarda musobaqaning amaldagi chempioni hindistonlik Rameshbabu Praggnanandha bilan durangga imzo chekdi. Niderlandiyalik Yorden van Forest Hindistonning birinchi raqamli shaxmatchisi Arjun Ergaisi bilan murosaga keldi. 

Germaniyalik Vinsent Keymer chexiyalik Tay Dai Van Nguendan ustun keldi. Sloveniyalik Vladimir Fedoseev turkiyalik 14 yoshli grossmeyster Yagiz Kaan Erdogmushga yutqazib qo'ydi. Mezbonlar vakili Anish Giri hind shaxmatchisi Aravindh CHitambaram bilan durang qayd etdi. Amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommaradju esa qora donalarda amerikalik Hans Niemann bilan ochkolarni bo'lishib oldi. 

O'n ikkinchi turdan so'ng Nodirbek Abdusattorov 8 ochko bilan yakka peshqadam bo'lib oldi. Javohir Sindarov 7,5 ochko bilan sof ikkinchi o'rinni egallab turibdi. Yorden van Forest, Hans Niemann va Vinsent Keymer hisobida 7 ochkodan bor. Mattias Blubaum va Yagiz Kaan 6,5 ochko bilan oltinchi hamda ettinchi pog'onalarni band etgan. 

Tata Steel Chess 2026. 12-tur natijalari:

Vinsent Keymer (Germaniya) — Tay Dai Van Nguen (CHexiya) 1-0 

Aravindh CHitambaram (Hindiston) — Anish Giri (Niderlandiya) 0,5-0,5

Javohir Sindarov (O'zbekiston) — Rameshbabu Pragnanandha (Hindiston) 0,5-0,5

Nodirbek Abdusattorov (O'zbekiston) — Mattias Blubaum (Germaniya) 1-0

Yorden van Forest (Niderlandiya) — Arjun Erigaisi (Hindiston) 0,5-0,5

Hans Niemann (AQSH) — Gukesh Dommaraju (Hindiston) 0,5-0,5

Yagiz Kaan Erdogmush (Turkiya) — Vladimir Fedoseev (Sloveniya) 1-0

Bugun turnirda so'nggi 13-tur o'tkaziladi hamda chempion va sovrindorlar malum bo'ladi. Nodirbek Abdusattorov chempionlik matchida qora donalarda Arjun Erigaisiga qarshi bahs olib boradi. Javohir Sindarov ham qora donalarda o'ynaydi. U 3 ochko bilan musobaqa jadvalida so'nggi o'rinni egallab turgan chexiyalik Tay Dai Van Nguen bilan hisob-kitob qiladi. Uchrashuvlar bizning vaqt bilan soat 16:15da boshlanadi.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing