So’nggi yangiliklar

18:34Холанд шахматга сармоя киритмоқда 0 18:13Асламжон Ортиқовнинг ONE FC лигасидаги жанги тасдиқланди + ПОСТЕР 0 17:52Том Аспиналл Алекс Перейра билан жанг учун гонорарини кўтаришларини истайди 0 17:31Мовсар Евлоев Дана Уайтга: "Шунисига ҳам раҳмат!" 0 17:10Пеп Гвардиолада навбатдаги рекорд! 0 16:49Нганну билан жанг учун Верховенга кўпроқ пул таклиф қилишди, аммо... 0 16:28Головкин XXI асрнинг энг яхши ўрта вазнлилар рейтингида "Канело"ни ортда қолдирди 0 16:07Octagon чемпиони Шоҳасан Мирзаматовга кескин "ответ" қилди 0 15:46Нидерландия ЖЧ-2026 учун уй ва сафар либосини тақдим этди 0 15:25Алжамейн Стерлинг Мовсар Евлоев - Лерон Мёрфи жангидаги ҳакамликни танқид қилди 0 15:04Хабиб Нурмагомедов Овечкиннинг 1000-голига муносабат билдирди 0 14:43Усик Украина футболида муҳим лавозимга тайинланди 0 14:22Зидан келишувга эришди 0 14:01Армонга айланган Олимпиада ёхуд ҳамон чемпионликка эришаётган мураббий 0 13:40Фьюри — Маҳмудов билан жанг ҳақида: у оғир аҳволда 0

16 noy 13:26
Yangiliklar

SHaxmat

Tata Steel Chess India. Birozdan so'ng blic musobaqasi boshlanadi

Hindistonning Kalkutta shahrida o'tkazilayotgan shaxmat bo'yicha "Tata Steel Chess India" turnirining blic bahslariga navbat etib keldi.

O'z tarixida oltinchi bor o'tkazilayotgan nufuzli musobaqaning mukofot jamg'armasi 41 500 AQSH dollarini tashkil etadi. Kecha turnirda 9 turdan iborat rapid bahslari yakunlangandi. Unda musobaqani mag'lubiyatsiz (6 g'alaba, 3 durang) o'tkazgan jahon reytingi peshqadami Magnus Karlsen 7,5 ochko bilan rapid bahslari g'olibiga aylangandi. So'nggi 9-turda aynan Karlsen bilan durang o'ynagan Nodirbek Abdusattorov 5 ochko bilan 4-o'rinni band etgandi. 

Bizning vaqt bilan soat 13:30da Tata Steel Chess India turnirining blic bahslari start oladi. Bugunning o'zida grossmeysterlar 9 ta turda hisob-kitob qilishadi. Nodirbek 1-turda oq donalarda FIDE bayrog'i ostida o'ynayotgan rossiyalik Daniil Dubovga qarshi bahs olib boradi. Ular o'rtasidagi rapid uchrashuvida durang natija qayd etilgandi. Nodirbek Abdusattorov va Magnus Karlsen o'rtasidagi blic partiyasi 4-turga to'g'ri keladi va taxminan soat 14:30da boshlanadi.

Nodirbek Abdusattorov ishtirokidagi partiyalar:

13:30 1-tur: Nodirbek Abdusattorov - Daniil Dubov (FIDE)

13:50 2-tur: Arjun Erigaisi (Hindiston) - Nodirbek Abdusattorov

14:10 3-tur: Nodirbek Abdusattorov - Vidit Gujrathi (Hindiston) 

14:30 4-tur: Magnus Karlsen (Norvegiya) - Nodirbek Abdusattorov 

14:50 5-tur: Nodirbek Abdusattorov - Rameshbabu Praggnanandhaa (Hindiston) 

15:10 6-tur: Uesli So (AQSH) - Nodirbek Abdusattorov

15:30 7-tur: Nodirbek Abdusattorov - Sunildut Lina Narayanan (Hindiston) 

15:50 8-tur: Nodirbek Abdusattorov - Vinsent Keymer (Germaniya)

16:10 9-tur: Nihal Sarin (Hindiston) - Nodirbek Abdusattorov

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing