14 noy 09:50
Yangiliklar
Tata Steel Chess India. Bugun Nodirbek yana 3 ta turda dona suradi. Abdusattorov - Karlsen partiyasi qachon o'tkaziladi?
O'z tarixida oltinchi bor o'tkazilayotgan nufuzli musobaqaning mukofot jamg'armasi 41 500 AQSH dollarini tashkil etadi. Unda shaxmatchimiz Nodirbek Abdusattorov (2742) ham bosh sovrin uchun bahs olib bormoqda va birinchi kungi 3 ta turdan so'ng 2,5 ochko bilan turnir jadvalida yakka peshqadam bo'lib turibdi.
Bugun ham xuddi kechagi kunda bo'lgani singari shaxmatchilar 3 ta turda o'zaro to'qnash kellishadi. Nodirbek 4-turda qora donalarda Nihal Sarin (Hindiston, 2679)ga qarshi bahs olib boradi. Beshinchi turda oq donalarda yana bir hind grossmeysteri Vidit Santosh Gujrathi (2661) bilan hisob-kitob qiladi. Kunni Sunildat Narayanan (Hindiston, 2579)ga qarshi qora donalardagi uchrashuv bilan yakunlaydi.
Jahon chempioni Magnus Karlsen (2825)ga qarshi uchrashuv ertaga, 15 noyabr kuniga belgilangan. Abdusattorov - Karlsen partiya 9-turda o'tkazilib, rapid bahslariga yakun yasab beradi. Unda Nodirbek oq donalarda harakat qiladi.
Fikrlar