16 noy 08:48
Yangiliklar
Tata Steel Chess India. Karlsen chempion bo'lgan rapid bahslarida Abdusattorov nechanchi o'rinni egalladi?
O'z tarixida oltinchi bor o'tkazilayotgan nufuzli musobaqaning mukofot jamg'armasi 41 500 AQSH dollarini tashkil etadi. Kecha turnir 9 turdan iborat rapid bahslari yakunlandi. Turnirni mag'lubiyatsiz (6 g'alaba, 3 durang) yakunlagan jahon reytingi peshqadami Magnus Karlsen 7,5 ochko bilan rapid bahslari g'olibiga aylandi. U so'nggi 9-turda hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorovga qarshi bahsda mag'lubiyatdan qutulib qoldi va durangga erishdi.
Birinchi kungi bahslardan so'ng peshqadam bo'lib olgan Abdusattorov ikkinchi kungi partiyalarda ham yomon o'tkazmadi. Ammo so'nggi uchinchi kungi uchrashuvlarda u 2 mag'lubiyat qabul qilib oldi. Buning natijasida Nodirbek 9 imkoniyatdan 5 ochko to'plab, 4-o'rinni egalladi. Pragnanandha va Uesli So 5,5 ochko bilan kuchli uchlikka yakun yasagan.
Fikrlar