17 noy 16:43
Yangiliklar
Tata Steel Chess India. Magnus Karlsen chempion bo'lgan turnirda Abdusattorov nechanchi o'rinni egalladi?
O'z tarixida oltinchi bor o'tkazilgan nufuzli musobaqaning mukofot jamg'armasi 41 500 AQSH dollarini tashkil etdi. Bugun turnirda blic musobaqasining qolgan 9 ta turi o'tkazildi va unda jahon reytingi peshqadami Magnus Karlsen kutilganidek, muddatidan avval chempionlikni qo'lga kiritdi.
Karlsen rapid bahslarida ham chempion bo'lgandi. Blic yo'nalishida ham unga teng keladigan shaxmatchi topilmadi. Norvegiyalik shaxmatchi 18 imkoniyatdan 13 ochko to'plab, musobaqa g'olibiga aylandi. Bugun Magnus Nodirbek Abdusattorov bilan durangga imzo chekdi. Hamyurtimiz 8 ochko bilan 7-o'rin bilan kifoyalandi.
Amerikalik Uesli So 11,5 ochko bilan ikkinchi o'rinni egallagan bo'lsa, hindistonlik Arjun Eragisi 10,5 ochko bilan kuchli uchlikka yakun yasadi. Magnus chempion sifatida 7500 dollar mukofot pulini qo'lga kiritdi. Nodirbek 250 dollarga ega bo'ldi. Abdusattorov bugun hindistonlik grossmeysterlar Pragnanandha, Narayanan va Vidit Gujrathini mag'lubiyatga uchratdi.
Fikrlar