15 noy 17:48
Yangiliklar
Tata Steel Chess India. Nodirbek Abdusattorov - Magnus Karlsen uchrashuvi bo'lib o'tdi
O'z tarixida oltinchi bor o'tkazilayotgan nufuzli musobaqaning mukofot jamg'armasi 41 500 AQSH dollarini tashkil etadi. Turnir 9 tur rapid (25+10) va 18 tur blic (3+2) yo'nalishidan iborat bo'lib, unda birinchi raqamli shaxmatchimiz Nodirbek Abdusattorov ham bosh sovrin uchun bahs olib bormoqda.
Ayni daqiqalarda musobaqaning rapid yo'nalishi bo'yicha so'nggi 9-tur uchrashuvlari o'tkazilyapti. Nodirbek Abdusattorov aynan 9-turda jahon reytingi peshqadami Magnus Karlsenga qarshi oq donalarda o'ynadi. Yosh grossmeysterimiz yutuqli vaziyatga chiqib borgan bo'lsa-da, yakunda durangga imzo chekdi.
Turnirda 6 g'alaba va 3 durang qayd etgan Magnus Karlsen 7,5 ochko bilan rapid bahslari g'olibiga aylandi. Musobaqani zo'r boshlagan va dastlabki ikki kunda yutqazmagan Nodirbek esa 5 ochko bilan 4-o'ringa tushib qoldi. Boisi, Abdusattorov bugun o'tkazilgan ettinchi va sakkizinchi turlarda mos ravishda amerikalik Uesli So hamda hindistonlik Arjun Ergaisiga imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Fikrlar