01 may 08:50
Yangiliklar
SHaxmat
Taxminan 8,5 mln dollar byudjetga ega Sindarov - Gukesh matchi qaerda o'tkaziladi?
FIDE 2026 yilgi jahon chempionati bahsini o'tkazish uchun mezbonlik arizalarini qabul qilishni boshladi.
Ushbu matchda amaldagi chempion hindistonlik Gukesh Dommaradju "Nomzodlar turniri" g'olibi Javohir Sindarov o'zaro kuch sinashadi. CHempionlik toji uchun matchning 2026 yil 23 noyabrdan 17 dekabrgacha o'tkazilishi rejalashtirilmoqda.
Mazkur musobaqa 25 kungacha davom etadi va uning reglamenti 1 iyulgacha tasdiqlanishi lozim. Turnirning umumiy byudjeti taxminan 8,5 million dollarni tashkil etadi. SHundan kamida 2,5 million dollar sovrin jamg'armasiga ajratilishi kerak. FIDE badali esa 1,1 million dollar etib belgilangan.
Mezbonlik uchun arizalar 31 maygacha qabul qilinadi. Zarurat tug'ilganda FIDE ushbu muddatni uzaytirishi mumkin.

Havola :
Manba : uzchess
Fikrlar