So’nggi yangiliklar

16:39Бугун Тошкентда Mangu 2 турнири ўтказилади 0 16:18Сергей Фомин — Shymkent Challenger чемпиони! 0 15:57"Челси" 60 миллион еврога дарвозабон сотиб олиши мумкин 0 15:36Ислам Махачев Гэррига: "Шартнома кутяпман!" 0 15:15Рико Верхувен: "Усик билан жангда тарихни қайта ёзаман" 0 14:54"Биз сени кутяпмиз, малика!" – Иан Гэрри Махачевга кескин мурожаат қилди 0 14:33"Милан" юлдузини сотмоқчи, унга Европанинг ТОП клубларидан қизиқиш бор 0 14:12Боксчимизнинг Дана Уайт Лигасидаги илк жанги анонс қилинди + ПОСТЕР 0 13:51Махачев — Моралес жангининг қачон ўтказилиши айтилди 0 13:30Дэвид Бенавидес Сауль Альваресни қўрқоқликда айблади 0 13:09Германия тарихидаги энг яхши футболчилар рейтинги тузиб чиқилди 0 12:58Нодирбек Якуббоев — Freestyle Friday ғолиби! 0 12:37Хамзат Чимаев Ронда Роузи танқидига "ответ" қилди 0 12:16Berlin Millennium Team Cadet European Cup 2026 турнири старт олди 0 11:55Нигерия терма жамоаси собиқ футболчиси майдонда вафот этди 0

31 mar 14:31
Yangiliklar

Dzyudo

Tbilisi Gran-Prisi. Uchchala dzyudochimiz ham g'alaba bilan boshladi

Teglar :  DzyudoGran-Pri
Xabar berganimizdek, Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida dzyudo bo'yicha Gran-Pri turkumiga kiruvchi nufuzli turnir bo'lib o'tmoqda.

Sovrin jamg'armasi 100 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqaning bugun so'nggi uchinchi kungi bahslari o'tkaziladi. O'zbekiston terma jamoasining 3 nafar dzyudochisi Tbilisi Gran-Prisi medallari hamda Tokio-2020 Olimpiadasining muhim reyting ochkolari uchun tatamiga chiqmoqda. 

Quvonarlisi, uchchala yurtdoshimiz ham o'z ishtiroklarini g'alaba bilan boshlashdi. -90 kg vazn toifasida bir yo'la ikki vakilimiz - Yahyo Imomov va Davlat Bobonov yurtimiz sharafini himoya qilmoqda. Imomov ilk davrada qozog'istonlik Serik Salmenovni, Bobonov esa gruziyalik Ushangi Margianini mag'lubiyatga uchratdi. 

-100 kg vazn toifasidagi polvonimiz Muhammadkarim Xurramov ham birinchi davradan bahslarga kirishdi. U birinchi bosqichda hindistonlik Avtar Singxdan ustun keldi. 

Dzyudochilarimizning 2-davradagi raqiblari:

-90 kg vazn toifasi

Yahyo Imomov - Altanbagana Gantugla (Mo'g'uliston)

Davlat Bobonov - Pyotr Kuchera (Polsha)


-100 kg vazn toifasi

Muhammadkarim Xurramov - Xangal Odbaatar (Mo'g'uliston)

Reyting:    

Fikrlar

   
31 mar 15:11:29
asomiddin qayumov
Мухаммадкарим Хуррамов Шерободлик полвонимизни омадини берсин.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing