31 jan 08:17
Yangiliklar
Tennis

Temur Ismoilov Florida turnirida kortga chiqdi
Tajribali tennischimiz Temur Ismoilov AQSHning Florida shtati Palm Kost shahrida o'tayotgan musobaqada kortga chiqdi.
Turnirning sovrin jamg'armasi 15 000 dollarni tashkil qiladi. Ismoilov to'g'ridan-to'g'ri asosiy to'rdan bahslarga kirishdi. Hamyurtimiz birinchi bosqichda gollandiyalik Tim Van Riytxovenga qarshi kortga chiqdi.
Afsuski, Ismoilov reytingda raqibiga nisbatan deyarli
500 pog'ona yuqorida joylashganiga qaramay mag'lubiyat alamini totib ko'rdi. Birinchi
set 6:0 hisobida gollandiyalik tennischi foydasiga g'al bo'ldi. Ikkinchi setda 0:2
hisobida yutqazayotgan Ismoilov bahsni davom ettira olmasligini bildirdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar