24 mar 15:23
Yangiliklar
Tennis

Temur Ismoilov ham chorak finalda to'xtadi
Greciyadagi "Fyuchers" turnirida ishtirok etayotgan tennischimiz Temur Ismoilov yakkalikdagi ishtirokini yakunladi.
O'zbekiston terma jamoasi azosi yarim finalga chiqish uchun chililik Tomas Veraga qarshi kortga chiqqandi.
Afsuski, 2 soat 30 daqiqa davom etgan o'yinda hamyurtimiz 5:7, 7:6, 2:6 hisoblarida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Endilikda u juftlik bahslarida birozdan so'ng rossiyalik Markos Kalovelonis bilan birgalikda yarim finalga chiqish uchun urinib ko'radi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar