26 apr 15:03
Yangiliklar
Tennis

Temur Ismoilov ham navbatdagi o'yinida g'alaba qozondi
Qarshida mukofot jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi "Fyuchers" turniri davom etmoqda.
Turnirning sakkizinchi raqamli tennischisi sifatida saralangan Temur Ismoilov rossiyalik Evgeniy Tyurnevga qarshi kortga chiqdi.
2 soat 2 daqiqa davom etgan bahsda tennischimiz 6:1, 6:7, 6:3 hisoblarida g'alaba qozondi va chorak finalga yo'l oldi.
Endilikda u yarim finalga chiqish uchun turnirning ikkinchi raqamli raketkasi, beloruslik Egor Gerasimovga qarsh bahs olib boradi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar