18 avg 12:10
Yangiliklar
Tennis

Temur Ismoilov Minskda mag'lubiyatga uchradi
Belarus poytaxti Minsk shahrida tennis bo'yicha sovrin jamg'armasi 10 ming AQSH dollaridan iborat bo'lgan turnirning asosiy to'r bahslari davom etmoqda.
“Fyuchers” turkumiga kiruvchi ushbu musobaqada ikki hamyurtimiz ham o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazayotgani haqida xabar bergan edik. Turnirda ettinchi raqam ostida tasniflangan Sanjar Fayziev ilk davrada isroillik Alon Elliani ikki setda ham bir xil 6:3 hisobida mag'lub etgandi.
Afsuski, ikkinchi vakilimiz mag'lubiyat alamini totib ko'rdi. Turnirda to'rtinchi raqam ostida tasniflangan Temur Ismoilov birinchi bosqichda ukrainalik Marat Devyatyarovga 6:3, 5:7, 3:6 hisobida yutqazib qo'ydi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar