01 noy 11:05
Yangiliklar
Tennis

Temur Ismoilov Tallindagi ishtirokini g'alaba bilan boshladi
Istedodli tennischimiz Temur Ismoilov Estoniya poytaxti Tallin shahrida davom etayotgan turnirdagi ishtirokini g'alaba bilan boshladi.
Temur “Fyuchers” turkumiga kiruvchi, sovrin jamg'armasi 10 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi turnirda to'rtinchi raqam ostida tasniflangan.
U ilk davrada polshalik Mishal Dembakni 6:0, 7:6(2) hisobida taslim etdi. Endi Ismoilov ikkinchi bosqichda gollandiyalik Nils Lutsmaga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar