03 noy 11:25
Yangiliklar
Tennis

Temur Ismoilov Tallindagi ishtirokini yakunladi
Istedodli tennischimiz Temur Ismoilov Estoniya poytaxti Tallin shahrida davom etayotgan turnirdagi ishtirokini chorak finalda to'xtatdi.
Temur “Fyuchers” turkumiga kiruvchi, sovrin jamg'armasi 10 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi turnirda to'rtinchi raqam ostida tasniflangan edi.
U ilk davrada polshalik Mishal Dembakni 6:0, 7:6(2) hisobida taslim etgandi. Afsuski, bugun u ikkinchi bosqichda gollandiyalik Nils Lutsmaga 3:6, 6:2, 0:6 hisobida yutqazib qo'ydi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar