12 iyu 12:28
Yangiliklar
Tennis. Istomin, Fayziev va Nadal yangilangan reytingda yuqoriladi
Yangilangan reytingda britaniyalik tennischi Endi Marrey o'z o'rnida, birinchi pog'onada qolgan. "Rolan Garros"da g'oliblikni qo'lga kiritgan Rafael Nadal esa to'rtinchi o'rindan ikkinchi o'ringa ko'tarilib olgan.
"Rolan Garros"da ikkinchi bosqichga etib borgan tennischimiz Denis Istomin esa 6 pog'ona yuqoriladi va 74-o'ringa joylashdi.
Andijondagi "Fyuchers"da g'oliblikni qo'lga kiritib, Namangandagi turnirda yarim finalgacha etib borgan Sanjar Fayziev ham yaxshigina ko'tarildi. Tennischimiz yangilangan reytingda birdaniga 33 pog'ona yuqorilab, 273-o'ringa chiqib oldi.
12.06.2017 uchun reyting:
1. (1) Endi Marrey (Britaniya) – 9890
2. (4) Rafael Nadal (Ispaniya) – 7285
3. (3) Sten Vavrinka (SHveycariya) – 6175
4. (2) Novak Jokovich (Serbiya)– 5805
5. (5) Rojer Federer (SHveycariya) – 4945
6. (6) Milosh Raonich (Kanada) – 4450
7. (8) Marin CHilich (Xorvatiya) – 4115
8. (7) Dominik Tim (Avstriya) – 3985
9. (9) Key Nisikori (Yaponiya) – 3830
10. (10) Aleksandr Zverev (Germaniya) – 3070
...
74. (80). Denis Istomin (O'zbekiston) - 704
273. (306). Sanjar Fayziev (O'zbekiston) - 185
515. (419). Temur Ismoilov (O'zbekiston) - 66
870 (882). Farruh Do'stov (O'zbekiston) - 16
915. (928). Alan Gajiev (O'zbekiston) - 13
920. (914). Jo'rabek Karimov (O'zbekiston) - 10
Fikrlar