24 jan 16:22
Yangiliklar
Tennis

Tennis. O'zbek derbisida Sanjar g'alaba qozondi
Qozon shahrida mukofot jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi turnir davom etmoqda.
Bugun musobaqaning 1/8 finalida ikki hamyurtimiz - Sanjar Fayziev va Sergey Fomin o'zaro to'qnash keldi.
1 soat 49 daqiqa davom etgan o'yinda Sanjar 6:2, 7:6 hisoblarida g'alaba qozondi va chorak finalga yo'l oldi.
Endi u yarim final yo'llanmasi uchun rossiyalik Vladimir Vasilenkoga qarshi to'qnash keladi. Malumot uchun, Vasilenko biroz oldin boshqa bir tennischimiz Humoyun Sultonovdan ustun kelgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar