So’nggi yangiliklar

21:18Ал аш-Шайх “Канело” Ар-Риёдда жанг қилишга тайёрлигини маълум қилди 0 20:41Хорхе Масвидаль UFC’га қайтиш бўйича музокара олиб бормоқда 0 19:59Расман. Дмитрий Биволнинг навбатдаги жанги тасдиқланди (ПОСТЕР) 0 18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0

19 dek 18:50
Yangiliklar

Tennis

Tennis. O'zbekiston Tokio 2020 Olimpiadasiga yana licenziya qo'lga kirita oladimi?

Xabaringiz bor, shu kunlarda Milliy olimpiya qo'mitasi yurtimizdagi sport federaciyalari va associaciyalari bilan birgalikda Tokio 2020 Olimpiadasi uchun ishlab chiqilgan strategik rejani muhokama qilmoqda.

Navbatdagi yig'ilish O'zbekiston tennis federaciyasi mutasaddilari bilan tashkil etildi.

Sizga yaxshi malumki, O'zbekistonning birinchi raketkasi Denis Istomin Indoneziyadagi Osiyo o'yinlarida g'olib bo'lish orqali Tokio mezbonlik qiladigan Olimpiadaga yo'llanma qo'lga kiritib bo'lgan. Bu borada Denis o'zbekistonlik sportchilar ichida birinchi bo'ldi. Ammo, bu bilan cheklanib qolmaslik zarur. Bugun o'tkazilgan yig'ilishda o'zbekistonlik tennischilarning ayollar o'rtasidagi yakkalik musobaqalarda, shuningdek erkaklar o'rtasidagi juftlik bellashuvlarida licenziya qo'lga kiritish imkoniyatlari ko'rib chiqildi. Ushbu rejani amalga oshirish uchun amalga oshirilishi lozim bo'lgan ishlar muhokama qilindi. Ish jarayoni davomida yuzaga keladigan, yosh iqtidorlarning o'zini ko'rsatishi uchun halal berayotgan muammolar o'rtaga tashlandi. Tizimni o'zgartirish, terma jamoa azolari uchun eng yaxshi sharoitlarda o'quv-mashg'ulot yig'inlarini tashkil qilish, tennischilarimiz uchun xorijdan malakali murabbiy olib kelish masalasini ko'rib chiqish bo'yicha tegishli ko'rsatmalar berildi.

O'z navbatida sportchilarimizning mahoratini oshirish, jahon reytingidagi o'rnini mustahkamlash maqsadida O'zbekistonda xalqaro turnirlarni tashkil etish lozimligi qayd etib o'tildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing