21 dek 09:14
Yangiliklar
Tennis

Tennischi Gyorges Myunxendagi Germaniya Kubogi bahsiga tashrif buyurdi
Germaniyalik tennischi Yuliya Gyorges o'z jamoasi bilan Germaniya Kubogi doirasidagi uchrashuvni bevosita stadionda tomosha qildi.
Muhtasham "Alyan Arena" stadionida o'tgan nimchorak final uchrashuvida "Bavariya" hamda "Borussiya Dortmund" klublari o'zaro to'qnash kelishdi. O'yinda myunxenliklar 2:1 hisobida g'alaba qozonishdi.
"Futbolga befarq emasman. Myunxenda bo'lib turganim uchun bunday markaziy o'yinni o'tkazib yubora olmasdim. Jamoam bilan birga "Alyanc Arena"da ajoyib futbol spektaklini tomosha qildik", - deb yozadi o'zining Tvitter ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida Gyorges.
Havola :
Fikrlar