11 iyu 09:34
Yangiliklar
Boks/MMA
Teofimo Lopes Josh Teylorni engib, WBO kamari sohibiga aylandi!
Bugun tongda Amerika Qo'shma SHtatlarining Nyu-York shtatida joylashgan "Madison Square Garden" arenasida professional boks oqshomi bo'lib o'tdi.
Mazkur oqshomning markaziy jangi birinchi yarim o'rta vazn toifasi vakillari - shotlandiyalik Josh Teylor hamda AQSH vakili Teofimo Lopes o'rtasida kechdi. 12 raundga mo'ljallangan chempionlik jangi to'liq davom etdi va unda hakamlarning yakdil qarori bilan 117-111, 115-113, 115-113 hisoblarida 25 yoshli Teofimo g'alaba qozonib, Josh Teylorning WBO chempionlik kamarini o'ziniki qilib oldi.
Malumot uchun, bu Josh Teylor uchun faoliyati davomidagi ilk mag'lubiyati bo'ldi. Lopes esa o'zining o'n to'qqizinchi g'alabasini tantana qildi, uning hisobida shuningdek, bitta mag'lubiyat ham mavjud.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar