25 may 18:36
Yangiliklar
SHaxmat

Tepe Sigeman 2025. Javohir Sindarov bugun chempionlikni rasmiylashtirishi mumkin
Bugun SHveciyaning Malmyo shahrida shaxmat bo'yicha "Tepe Sigeman 2025" turniri davom ettiriladi.
Kecha musobaqaning beshinchi tur bellashuvlari tashkil etildi.
Unda o'zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov qora donalarda vengriyalik Richard Rapportga qarshi o'ynab, durang qayd etdi. Bu natijadan keyin Sindarovning ochkolari soni 3.5 taga etib, turnir jadvalida yakka peshqadamga aylanib oldi.
Bugun turnirning oltinchi raundi doirasida Javohir SHveciya vakili Nils Grandelius bilan to'qnash keladi. Grandelius ayni damda 2.5 ochko bilan to'rtinchi pog'onada bormoqda.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar