24 may 14:35
Yangiliklar
SHaxmat

Tepe Sigeman 2025. Javohir Sindarov ikkinchi o'rinda bormoqda
SHu kunlarda SHveciyaning Malmyo shahrida shaxmat bo'yicha "Tepe Sigeman 2025" turniri bo'lib o'tmoqda.
Musobaqada ishtirok etayotgan o'zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov kecha 4-tur doirasida Niderlandiya vakili Ervin L'Amiga qarshi bahs olib bordi va oq donalarda g'alaba qozondi.
Bu g'alabadan keyin Javohirning ochkolar soni 3 taga etdi. Hamyurtimiz ayni damda turnir jadvalida ikkinchi o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar