21 may 10:49
Yangiliklar

Tepe Sigeman 2025. Javohir Sindarov ilk turdayoq jahon chempionini mag'lub etdi
Aylana tizimda o'tkazilayotgan ushbu musobaqada hamyurtimiz Javohir Sindarov ham ishtirok etyapti. Mamlakatimizning ikkinchi raqamli shaxmatchisidan tashqari yana etti nafar grossmeyster bosh sovrin uchun bahslarga kirishdi. Ular orasida yagona ayol grossmeyster ham bor. Xitoylik Tan CHjuni 16-jahon chempioni hisoblanadi.
Sindarov aynan 1-turda aynan Tan CHjuniga qarshi qora donalarda o'ynab, g'alaba qozonishga muvaffaq bo'ldi. Vengriyalik Richard Rapport Niderlandiya vakili Ervin L`Amidan ustun keldi. Qolgan ikki partiyada durang natija qayd etildi.
Tepe Sigeman 2025. 1-tur natijalari:
Tan CHjuni (Xitoy) - Javohir Sindarov (O'zbekiston) 0-1
Yagiz Kaan Erdogmus (Turkiya) - Nils Grandelius (SHveciya) 0,5-0,5
Richard Rapport (Vengriya) - Ervin L`Ami (Niderlandiya) 1-0
Vasiliy Ivanchuk (Ukraina) - Rey Robson (AQSH) 0,5-0,5
Fikrlar