05 may 09:15
Yangiliklar
TePe Sigeman 2026. 14 yoshli qardosh grossmeysterimiz peshqadam, Magnus yutqazdi, Nodirbek Arjun bilan o'ynadi
Musobaqada sakkiz grossmeyster bosh sovrin uchun bahs olib bormoqda. Ular orasida Nodirbek Abdusattorov hamda jahon reytingi etakchisi norvegiyalik Magnus Karlsen ham bor. Musobaqaning 4-turida Abdusattorov oq donalarda hindistonlik Arjun Erigaisiga qarshi bahs olib bordi va g'alabali poziciyaga chiqib olgan bo'lsa-da, yakunda durang bilan kifoyalandi. Mag'lubiyatsiz seriya davom etmoqda.

Lekin ushbu durangdan keyin Nodirbek Abdusattorov 2,5 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra ikkinchi o'ringa tushib qoldi. Bunga turkiyalik 14 yoshli grossmeyster Yagiz Kaan Erdog'mushning shveciyalik Nils Grandelius ustidan qozongan g'alabasi sabab bo'ldi. Yagiz Kaan 3 ochko bilan yakka karvonboshiga aylanib oldi.

Jahon reytingi etakchisi Magnus Karlsen biroz kutilmaganda bu turda mag'lubiyat alamini totib ko'rdi. Norvegiyalik shaxmatchi niderlandiyalik Yorden van Forestga yutqazib qo'ydi. Musobaqadagi yagona ayol ishtirokchi CHju Cziner nihoyat ilk g'alabasini qo'lga kiritdi. Xitoylik shaxmatchi qiz amerikalik Endi Vudvordni taslim etdi.

To'rtinchi turdan so'ng Nodirbek Abdusattorov, Arjun Erigaisi va Yorden van Forest hisobida 2,5 ochkodan bor. Magnus Karlsen 2 ochko bilan 5-pog'onani band etgan. Endi Vudvord hisobida ham 2 ochko bor. Nodirbekning 5-turdagi raqibi shveciyalik Nils Grandelius barcha uchrashuvlarda mag'lubiyatga uchragan.


Fikrlar