02 may 08:01
Yangiliklar
TePe Sigeman 2026. Abdusattorov g'alaba bilan boshladi. Magnus Karlsen ochko yo'qotdi
Musobaqada sakkiz grossmeyster bosh sovrin uchun bahsga kirishdi. Ular orasida Nodirbek Abdusattorov hamda jahon reytingi etakchisi norvegiyalik Magnus Karlsen ham bor. Musobaqaning birinchi turida Abdusattorov qora donalarda o'ynaganiga qaramay, turnirning yagona ayol ishtirokchisi, xitoylik grossmeyster CHju Czinerni mag'lubiyatga uchratdi.

Magnus Karlsen oq donalarda harakat qildi va hindistonlik Arjun Ergaisi bilan durangga rozi bo'ldi. Niderlandiyalik Yorden van Forest hamda turkiyalik iqtidor egasi Yagiz Kaan Erdog'mush partiyasida ham durang qayd etildi. Amerikalik Endi Vudvard esa mezbon shaxmatchi Nils Grandeliusni taslim etdi.

Bugun 2-turda Nodirbek Abdusattorov oq donalarda Endi Vudvardga qarshi bahs olib boradi. Magnus Karlsen esa qora donalarda shveciyalik Nils Grandelius bilan hisob-kitob qiladi.
TePe Sigeman 2026. 2-tur juftliklari:
Yagiz Kaan Erdog'mush (Turkiya) — Arjun Ergaisi (Hindiston)
Nils Grandelius (SHveciya) — Magnus Karlsen (Norvegiya)
Nodirbek Abdusattorov (O'zbekiston) — Endi Vudvard (AQSH)
Yorden van Forest (Niderlandiya) — CHju Cziner (Xitoy)
Etiborga molik jihati shundaki, TePe Sigeman turnirining so'nggi ikki g'olibi o'zbekistonlik shaxmatchilar hisoblanadi. 2024 yil Nodirbek Abdusattorov, o'tgan yili esa Javohir Sindarov chempionlik shohsupasiga ko'tarilgan edi.
Fikrlar