So’nggi yangiliklar

12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0 16:06"Сабаҳ" — жорий мавсум ушбу натижага эришган EЧЛдаги биринчи жамоа! 0 15:17Хргович Уордлига фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0 14:18Шакур Стивенсон Zuffa Boxing’дан кетганини эълон қилди 0 13:19Шожҳаҳон Эргашевни Озарбайжон ва Қирғизистондан жангга чорлашди 0 12:28Ламин Ямаль жорий мавсум Топ-5 лигаларда биринчи бўлиб ушбу натижага эришди 0

06 may 07:43
Yangiliklar

SHaxmat

TePe Sigeman 2026. Abdusattorovni yuta olishmayapti. Bugun u 14 yoshli peshqadam bilan o'ynaydi

SHveciyaning Malmyo shahrida o'tkazilayotgan shaxmat bo'yicha nufuzli TePe Sigeman 2026 turniri o'zining hal qiluvchi pallasiga kirdi.

Musobaqada sakkiz grossmeyster bosh sovrin uchun bahs olib bormoqda. Ular orasida Nodirbek Abdusattorov hamda jahon reytingi etakchisi norvegiyalik Magnus Karlsen ham bor. 

Afsuski, musobaqaning 5-turida Abdusattorov qora donalarda o'ynadi va yaqqol autsayder shveciyalik Nils Grandeliusni mag'lub eta olmadi. Uchrashuvda tezkor durang natija qayd etildi. Nils ilk ochkosini aynan kecha Nodirbekdan oldi. Ungacha shved shaxmatchisi barcha partiyalarda mag'lubiyatga uchragan edi. Hamyurtimiz yutqazmayapti, lekin duranglar ko'payib ketdi.   

Abdusattorovning ochko yo'qotishidan hindistonlik Arjun Erigaisi unumli foydalanib qoldi. U oq donalarda niderlandiyalik Yorden van Forestni taslim etdi. O'tgan turda Abdusattorov bilan durang o'ynagan Magnus Karlsen bu turda zafar quchdi. Norvegiyalik afsona musobaqadagi yagona ayol ishtirokchi xitoylik CHju Czinerni engdi.     

Beshinchi turning so'nggi partiyasida turkiyalik 14 yoshli grossmeyster Yagiz Kaan Erdog'mush amerikalik Endi Vudvard bilan durang qayd etdi. 

Beshinchi turdan so'ng Arjun Erigaisi va Yagiz Kaan Erdogmush 3,5 ochkodan jamg'arib, turnirda qo'shhokimlik qilyapti. Nodirbek Abdusattorov 3 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra uchinchi o'rinni egallab turibdi. Magnus Karlsen hisobida ham 3 ochko bor va u 4-pog'onani band etgan. 

Bugun 6-turda Nodirbek Abdusattorov qardosh shaxmatchilar derbisida 14 yoshli Yagiz Kaanga qarshi qora donalarda o'ynaydi. Bugungi uchrashuvlar ham bizning vaqt bilan soat 18:00da boshlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing