05 dek 13:19
        Yangiliklar	
	
				
				    Boshqalar			    
				
				
			
				Terma jamoa azolari chuqurlashtirilgan tibbiy testlarni topshirishmoqda
SHu kunlarda baydarka va kanoeda eshkak eshish bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azolari Milliy olimpiya qo'mitasi qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazida chuqurlashtirilgan tibbiy testdan o'tishmoqda.
			Kardioresperator yuklamasi testlari orqali sportchilarning jismoniy holatiga umumiy baho beriladi. Ana shu test natijalari asosida, mashg'ulot jarayonlarida sportchilarga individual yuklamalar beriladi.
Qayd etish lozimki, bunday amaliyotdan asosan jahonning etakchi sport mamlakatlari foydalanadilar. Kardioresperator testini o'tkazuvchi moslama Markaziy Osiyoda faqat Toshkentda mavjud. Ushbu chuqurlashtirilgan testlardan bosqichma-bosqich boshqa sport turlarida faoliyat olib boradigan sportchilarimiz ham o'tkazilishi ko'zda tutilgan.

            Havola            :         
                    Manba                : МОҚ матбуот хизмати
            
			
Fikrlar