14 apr 12:09
Yangiliklar
Futbol

Terma jamoalar 2020 yilda o'yin o'tkazishmaydi
Terma jamoalarning xalqaro o'yinlari 2021 yilga qoldirildi.
Bu yil terma jamoalar o'rtasidagi o'yinlar o'tkazilmaydi. Bu haqda FIFA vice-prezidenti va KONKAKAF prezidenti Viktor Montalyani malum qildi.
Uning so'zlariga ko'ra, FIFA va UEFA uchun milliy chempionatlar asosiy vazifa bo'ladi. Terma jamoalar o'rtasidagi o'yinlar bir mamlakatdan ikkinchisiga parvozlarni taqozo qiladi, bu esa qo'shimcha xavfni yuzaga keltiradi.
Montalyani shuningdek terma jamoalarning dastlabki o'yinlari tomoshabinlar bilan o'tishi ham dargumonligini takidladi.
Bundan tashqari UEFA yozning so'nggiga qadar evrokuboklarni o'tkazishni xohlayotgani malum bo'ldi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar