So’nggi yangiliklar

20:18Таэквондочи қизларимиз Тайюан турнирини 2 та бронза медали билан якунлашди 0 19:47"Милан" Леау "Галатасарой"га ўтганини эълон қилди 0 19:19Бухоро “Uzbekistan Judo Tour” ғолиб ва совриндорлари аниқланди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 18:53Рожер Федерер теннис шон-шуҳрат залига киритилди 0 18:36Мужибилло Турсунов Россиядаги IBA турнирида ғалабага эришди 0 18:17Мозес Итаумани рингдан замбилда олиб чиқиб кетишди (ВИДЕО) 0 17:44Ян Диоманденинг "Реал"га трансфери мадридликларга 230 миллион еврога тушади 0 17:08Бу факт: Нурсултон Рўзибоев UFC'да энг узун ғалабали сериядаги тўрт жангчидан бири! 0 16:35US Open 2026. Бугун Раҳимова, эртага Тимофеева асосий тўрдаги иштирокини бошлайди 0 16:01Гусковнинг мураббийи: "Мағлубият сабабини биламан" 0 15:36"Ман Сити" "Ливерпуль" футболчисига 99 млн таклиф қилишга тайёр — Романо 0 15:03"Барча Умар Нурмагомедовни бўлажак чемпион деб ҳисобларди, нима бўлганини кўрдингизми?" - Сонг Ядонг 0 14:31"ММАга қайтиш учун энди қарилик қиламан" - Забит Магомедшарипов 0 13:57Статистикага кўра Хргович жанг тўхтатилган вақтда Итаумага ютқазаётганди 0 13:30Лео Месси тарихда иккинчи ўринга кўтарилиб oлди 0

14 mar 15:15
Yangiliklar

Dzyudo

Termizda o'smirlar o'rtasida O'zbekiston Kubogi yakuniga etdi + FOTOGALEREYA

Termiz shahri mezbonlik qilgan dzyudo bo'yicha o'smirlar o'rtasidagi mamlakat Kubogi yakunlandi.

Musobaqada Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri hamda barcha viloyatlardan saralangan 900 nafarga yaqin dzyudochi g'oliblik yo'lida bahs olib bordi.  

Termiz Yakka kurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi zalida o'tkazilgan musobaqaning so'nggi kuni og'ir vaznlarda bellashuvlar tashkil etildi. O'g'il bolalar -81, -90, +90 kg, qizlar esa -63, -70 va +70 kg vazn toifalarida tatamiga chiqishdi. 

Yakuniy natijalarga ko'ra, Xorazm viloyati terma jamoasi 3 ta oltin, 4 ta kumush, 7 ta bronza medali jamg'arib, O'zbekiston Kubogi sohibiga aylandi. Umumjamoa hisobida Samarqand va Toshkent viloyati jamoalari kuchli uchlikdan joy olishdi. Buxoro, Qashqadaryo viloyati hamda Toshkent shahri jamoalarida ham ikki nafardan chempion bo'ldi, faqat kumush medallar nisbatiga ko'ra ular keyingi o'rinlarni band etishdi. 


Uchinchi kun g'olib va sovrindorlari:

-81 kg vazn toifasi 

1. SHomurod SHomurodov (Buxoro)

2. Kamronbek Abdirayimov (Toshkent shahri)

3. Hayotbek Norqulov (Samarqand)

3. Bahodir Yo'ldoshev (Toshkent shahri)

 

-90 kg vazn toifasi 

1. Olimjon Babaev (Xorazm)

2. SHohjahon Valijonov (Surxondaryo)

3. Akobir Yo'ldoshev (Surxondaryo)

3. Oqilbek Turobov (Qashqadaryo)


+90 kg vazn toifasi 

1. Og'abek Keldiyorov (Qashqadaryo)

2. Adhamjon Teshaboev (Xorazm)

3. Mehriddin Berdimurodov (Surxondaryo)

3. Nurdavlat Rustamov (Xorazm)


QIZLAR

-63 kg vazn toifasi

1. Dinora Samandarova (Xorazm)

2. Sabrina Hayitova (Buxoro)

3. Malika Bekturdieva (Xorazm)

3. Dilso'z Eshniyazova (Samarqand)


-70 kg vazn toifasi

1. SHoxista To'raeva (Toshkent shahri)

2. Sevinchoy Xudarganova (Xorazm)

3. Sabrina Abdullaeva (Buxoro)

3. Orzu Temirova (Qashqadaryo)


+70 kg vazn toifasi

1. Nilufar Sadullaeva (Qashqadaryo)

2. Xonzodabegim Usmonqulova (Samarqand)

3. Begoyim Toshtemirova (Surxondaryo)

3. Asilabonu Qudratova (Qashqadaryo)

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing