29 mar 14:39
Yangiliklar
Tennis
Teylor Fritcning Miami Open'dagi yurishi davom etadi
AQSHning Mayami shahrida mavsumning ikkinchi "Masters" turniri davom etmoqda.
Jahonning 13-raketkasi amerikalik Teylor Fritc turnirning uchinchi davrasida ATR reytingida 37-o'rinni egallab turgan hamyurti Tommi Polni 7/6, 6/4 hisobida mag'lub etdi.
Uchrashuv 1 soatu 34 daqiqa davom etdi. Bu vaqt ichida Teylor to'rtta eys, ikkita breyk va bitta qo'sh xatoni qayd etdi. Tommi esa ikkita eys zarbasini amalga oshirib, ikki bor qo'shxatoga yo'l qo'ydi. Fritc o'zaro uchrashuvlardagi hisobni tenglashtirdi – 3:3.
Teylor Fritcning keyingi bosqichdagi raqibi serbiyalik Miomir Kechmanovich bo'ladi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar