19 avg 14:54
Yangiliklar
Timanovskaya fuqaroligini o'zgartirmoqchi ekanligi haqida gapirdi
U shuningdek, Polsha terma jamoasi sharafini himoya qilish uchun fuqaroligini o'zgartirmoqchi ekanligi haqida ham gapirdi.
"Polsha terma jamoasi nomidan musobaqada ishtirok etish uchun fuqarolikni o'zgartirishga harakat qilib ko'ramiz. Sport fuqaroligini olish sharti - o'sha mamlakatda uch yil yashashdir. Ammo, buni men uchun qisqartirib berishlarini so'rayman. CHunki, bu g'ayrioddiy holat. Biz fuqarolikni almashtirishni rejalashtirmagandik, ammo shunga majbur bo'lyapmiz. Polshada qolib, shu mamlakat terma jamoasi sharafini himoya qilish qaroriga keldim", - dedi Timanovskaya.
Eslatib o'tamiz, Timanovskaya o'z murabbiylari va rahbariyatini tanqid qilganidan so'ng zudlik bilan o'z vataniga qaytarib yuborilishi mumkin edi. Ammo u Polshaga ketdi va ushbu mamlakatdan boshpana so'radi.
Fikrlar