17 mar 17:09
Yangiliklar
Tennis

Timur Ismoilov Greciyadagi turnirda chorak finalga chiqa olmadi
Greciyada sovrin jamg'armasi 15 ming AQSH dollarini tashkil qiluvchi "Fyuchers" turniri bo'lib o'tmoqda.
Unda tennischimiz Timur Ismoilov qatnashayotgani haqida avvalroq xabar bergan edik. Turnirning 7-raqamli tennischisi sifatida saralangan Ismoilov dastlabki bosqichda amerikalik raqibini mag'lub etib, ikkinchi davraga yo'llanma olgandi.
Ikkinchi bosqichda esa hamyurtimizga chexiyalik Vit Kopriva raqiblik qildi. Afsuski, tennischimiz ushbu bahsda 4:6, 6:1, 2:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Birozdan so'ng u juftlik bahslari yarim final doirasida chexiyalik tennischilarga qarshi kortga chiqadi. Timur ushbu turnirda rossiyalik Markos Kalovelonis bilan juftlik hosil qilgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar