So’nggi yangiliklar

08:11Илья Сибирцев яна бир дастурда Ўзбекистон рекордини янгилади 0 07:30WBC Адамесга титулсиз жанг ўтказишга рухсат берди 0 19:10"Реал" 15 ёшли ярим ҳимоячи билан битим имзолаши мумкин 0 18:39Волкановски фаолиятини якунлаш эҳтимоли ҳақида гапирди 0 18:17Афсонавий Федор Емельяненко Ўзбекистонга келади 0 17:41"Охирги жангдаги хатоларимни такрорламайман". Двалишвили Янга қарши учинчи жанг ҳақида гапирди 0 17:19Кэррик кетяптими? МЮ раҳбарияти фавқулодда йиғилиш чақирмоқда 0 16:48Дана Уайт мағлубиятcиз афғон жангчининг UFC`дан четлатилганига изоҳ берди 0 16:17Бугун Жаҳон чемпионатида тўрт нафар боксчимизга мухлислик қиламиз 0 15:46Итаума: "Хрговичга ҳаддан ташқари кўп ҳурмат кўрсатдим" 0 15:15"Пахтакор" клуби Илгиз Танташев қарорлари устидан расмий эътироз билдириб, даъво аризаси киритди 0 14:44Диёра Келдиёрова: "Энди мутлақо бошқа, янги Диёраман!" 0 14:13Британиялик блогер Жалоловни танқидлардан ҳимоя қилди 0 13:42Guangzhou Nansha International. Султонов икки ғалаба эвазига асосий тўрга йўл олди 0 13:11Шаҳин кечаги қийин ғалабадан сўнг нималар деди? 0

25 iyu 08:48
Yangiliklar

Futbol, Parij-2024

Timur Kapadze kechagi uchrashuv va Misr bilan bo'ladigan o'yin haqida fikr bildirdi

O'zbekiston OTJ bosh murabbiyi Timur Kapadze kechagi uchrashuv va Misrga qarshi ikkinchi bahs haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

Kechagi uchrashuv haqida…

Ispaniyani kuchini yaxshi bilardik. Ularni o'rganib chiqdik, har bir bahslarini tahlil qilishga harakat qildik. Bizga qarshi o'tgan avvalgi o'rtoqlik uchrashuvdagi harakatlarni ham ko'rib chiqdik. To'g'ri, bu tarkib Toshkentga kelganlardan ancha farq qiladi, lekin murabbiy o'sha, taktika o'sha. To'g'ri Ispaniya kuchli, biroq biz ham kuchsiz emasmiz. Jamoam ham kuchli. Kuchimiz etadi deb o'ylayman. Qaerdadir omad etishmadi, hujumlarimizda ozgina aniqlik etishmadi. Biz bundanda yaxshiroq o'yin ko'rsatishimiz mumkin edi deb o'ylayman. SHuning uchun ushbu o'yindan to'g'ri xulosa chiqarishga harakat qilamiz. Tahlil qilamiz. Biz ikkinchi uchrashuvga tayyorgarlikni boshladik. O'ylaymanki, bu o'yin biz uchun yaxshi bo'ldi. Hammani tekshirdik, balki bu o'yin orqali futbolchilarni o'z ishonchini oshirishga yordam berdi deb o'ylayman. Birinchi bo'limda yaxshi o'yladik, balki undanda yaxshi o'ynashimiz ham mumkin edi, ikkinchi bo'limda ham yomon o'yin ko'rsatmadik deb o'ylayman.

 Balki ikkinchi bo'limda hujum chizig'imiz ozgina charchab qoldi, balki hali to'liq formaga kirib olmaganmi? Bilasizlar, hujum chizig'i vakillari endi mashg'ulotlarga kirishishdi. Keyin ikkinchi bo'lim boshlarida bizda bo'shliqlar paydo bo'la boshladi. Ayniqsa, bo'lim avvalida. Gollarga etibor bersak, o'tkazib yuborilgan gollarda o'zimiz xatolarga yo'l qo'ydik. Agar himoya va yarim himoyadagi futbolchilarimiz yaxshiroq o'yin ko'rsatganida biz bu gollarni o'tkazib yubormagan bo'lardik.

 Birinchi golni jarimadan o'tkazdik, ushbu vaziyatda ham ancha sovuqqon o'ynashimiz mumkin edi. Ispaniyada birinchi bo'limda bundan boshqa vaziyat bo'ldi deb o'ylamayman. O'zimizning vaziyatlardan foydalanganimizda yanada yaxshiroq bo'larmidi deb o'ylayman. Umuman olganda, ikkinchi bo'limda hujum chizig'imizda charchoq sezildi. O'zgarishlardan so'ng yana barchasi joyiga tushdi. Maydonga tushganlar o'yini kuchaytirishdi. Bahs yakunida jamoamiz durangga erishishi ham mumkin edi. Umuman olganda, bugun yigitlar yaxshi harakat qildi. Biroq men ularni bundanda yaxshi o'yin ko'rsatishlariga ishonaman.

Guruhdagi keyingi raqiblarimiz haqida.

Guruhdagi ikkinchi uchrashuvni hali ko'rmadim. Sababi biz yo'lda edik. Endi ko'ramiz. Misrga qarshi uchrashuvga tayyorgarlikni boshlaymiz. Ularga qarshi uyda o'ynagan o'yinimizni, bugungi va boshqa uchrashuvlarini tahlil qilib chiqamiz. Kerakli narsalarni olamiz. Balki bugungi o'yin durang bo'lgani biz uchun yaxshilikkadir. Sababi har ikki jamoa ham bir ochkodan qo'lga kiritdi. Kurash oldinda, o'ylaymanki, biz ham yaxshi tayyorgarlik ko'rib, g'alaba qozonishga harakat qilamiz. Ko'rinib turibdi, Misr hamda Dominikan Respublikasi ham yaxshi darajadagi jamoalar.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing