So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

21 may 15:16
Yangiliklar

SHaxmat

Timurqulov onlayn shaxmat musobaqasida bosh sovrinni o'ziniki qildi

SHaxmat bo'yicha havaskorlar o'rtasidagi birinchi onlayn O'zbekiston chempionatining to'qqizinchi turniri ham qizg'in va murosasiz kurashlarga boy bo'ldi.

Etiborli tarafi shundaki, sakkizinchi turda 10 imkoniyatdan 9 ochko jamg'arib buxorolik Anvar Jabborov g'oliblikni qo'lga kiritgan edi. SHu turda xuddi shuncha ochko jamg'argan yana bir buxorolik havaskor shaxmatchi Alibek Timurqulov ham 10 imkoniyatdan 9 ochko jamg'argandi, ammo chess.com saytining Fair Play jamoasi qo'shimcha koefficientlarga ko'ra g'oliblikni Anvar Jabborovga taqdim etgan edi.

Kuni kecha o'tkazilgan havaskorlar o'rtasidagi birinchi onlayn O'zbekiston chempionatining to'qqizinchi turniri bosh sovrinini sakkizinchi turnirda ikkinchi o'ringa munosib ko'rilgan Timurqulov Alibek Akmalovich qo'lga kiritdi.

Malumot o'rnida takidlash joiz, shaxmat bo'yicha havaskorlar o'rtasida birinchi onlayn O'zbekiston chempionati 11-20 may kunlari o'tkazilishi rejalashtirilgan edi. SHu kunga qadar 9 ta turnir o'z yakuniga etdi hamda har bir turnir g'olibi uch million so'm miqdoridagi pul mukofotini qo'lga kiritdi.

Havaskorlar o'rtasidagi birinchi onlayn O'zbekiston chempionatining so'ngi turniri bugun bo'lib o'tadi. Mazkur chempionatning oxirgi kunida ishtirok eting va g'olib bo'ling!

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing