28 mar 08:59
Yangiliklar
Titanlar kurashi. Karuana chempion, endi u jahon toji uchun o'ynaydi
Musobaqa g'olibi shu yilning noyabrida London shahrida o'tkaziladigan supermatchda amaldagi jahon chempioni norvegiyalik Magnus Karlsenga qarshi dona surishi bois har bir partiya murosasiz kechdi.
Peshqadam Karuana kecha o'tkazilgan so'nggi 14-turda qora donalarda harakat qilishiga qaramay, rossiyalik Aleksandr Grishukni mag'lubiyatga uchratdi. Uning eng yaqin taqibchisi bo'lgan rossiyalik Sergey Karyakin oq donalarda xitoylik Din Lijen bilan durangga imzo chekdi.
O'n to'rt imkoniyatdan 9 ochko jamg'argan Karuana musobaqa chempioni bo'lish bilan birga endi jahon toji uchun kechadigan matchda qatnashish huquqini ham qo'lga kiritdi.
12-tur natiajalari:
Grishuk – Karuana 0:1
Aronyan – Uesli So 1/2 - 1/2
Karyakin – Din Lijen 1/2 - 1/2
Kramnik – Mamadiyarov 1/2 - 1/2
Yakuniy holat: Karuana - 9; Karyakin, Mamadiyarov - 8; Din Lijen - 7,5; Grishuk, Kramnik – 6,5;Uesli So - 6; Aronyan - 4,5.
Fikrlar