25 mar 10:47
Yangiliklar
Titanlar kurashi. Peshqadam Karyakinga yutqazdi, jadvalda qo'shhokimlik!
28 mart kuniga qadar davom etadigan musobaqa g'olibi shu yilning noyabrida London shahrida o'tkaziladigan supermatchda amaldagi jahon chempioni norvegiyalik Magnus Karlsenga qarshi dona surish imkoniyatini qo'lga kiritadi.
Peshqadam Karuana kecha o'tkazilgan 12-turda qora donalarda harakat qilib, asosiy raqibi rossiyalik Sergey Karyakinga yutqazib qo'ydi. Bu bilan ikki shaxmatchining ochkolari 7taga etdi va turnir jadvalida qo'shhokimlik yuzaga keldi.
12-tur natiajalari: Grishuk – Aronyan 1/2-1/2, Karyakin – Karuana 1:0, Kramnik – Uesli So 1/2-1/2, Mamadiyarov – Din Lijen 0:1.
12-turdan keyingi holat: 1-2. Karyakin, Karuana – 7; 3-5. Grishuk, Mamadiyarov, Din Lijen – 6,5; 6. Kramnik – 5,5; 7. So – 5; 8. Aronyan – 4.
13-tur (ertaga): So – Karyakin, Karuana – Aronyan, Mamadiyarov – Grishuk, Din Lijen – Kramnik.
Fikrlar