26 iyu 10:26
Yangiliklar
Futbol
Tite 2022 yilga qadar Braziliyani boshqaradi
Braziliya futbol konfederaciyasi terma jamoa bosh murabbiyi Tite bilan shartnomani uzaytirdi.
Braziliya terma jamoasi JCH-2018 chorak finalida Belgiyaga mag'lub (1:2) bo'lishiga qaramay, 57 yoshli mutaxassisga yana to'rt yillik shartnoma taklif etildi. U 2022 yil Qatarda o'tadigan JCH yakuniga qadar terma jamoa rulida bo'ladi.
JCH-2018 chorak finalida Belgiyaga qarshi bahsda pentakampeonlar o'z darvozalaridan ikkita gol o'tkazib yuborishdi. Bu Tite qo'l ostida terma jamoaning ilk bor bir o'yinda ikkita gol o'tkazishi bo'lgandi. Umuman olganda, Tite bilan terma jamoa 26 ta uchrashuv o'tkazib, ularning 20 tasida g'alabaga erishdi (4 durang, 2 mag'lubiyat).
Havola :
Fikrlar