23 jan 09:50
Yangiliklar
Boshqalar
Tog' chang'isi. Norvegiya - ayollar o'rtasida estafeta g'olibi
SHveciyaning Ulrisexamn shahrida tog' chang'isi bo'yicha ayollar o'rtasidagi estafeta musobaqasi bo'lib o'tdi.
Ushbu musobaqa Finlyandiyaning Laxti shahrida o'tkaziladigan jahon chempionati oldidan o'ziga xos tayyorgarlik bosqich vazifasini o'tab berdi.
Kutilganidek, Ingvild Ostberg, Xeydi Veng, Astrid Yakobsen va Marit Borgendan iborat Norvegiya terma jamoasi yakunda oltin medalni qo'lga kiritdi.
Kumush medal Germaniya terma jamoasiga nasib etgan bo'lsa, mezbonlar – shveciyalik tog' chang'i ustalari bronza medali bilan taqdirlanishdi.
Havola :
Fikrlar