16 mar 10:42
Yangiliklar
Toj uchun davogarlar kurashi. 5-turda murosayu madora
28 mart kuniga qadar davom etadigan musobaqa g'olibi shu yilning noyabrida London shahrida o'tkaziladigan supermatchda amaldagi jahon chempioni norvegiyalik Magnus Karlsenga qarshi dona surish imkoniyatini qo'lga kiritadi.
Ushbu yagona yo'llanma uchun ozarbayjonlik SHaxriyar Mamadiyarov, armanistonlik Levon Aronyan, amerikaliklar Fabiano Karuana va Uesli So, xitoylik Din Lijen hamda uch nafar rossiyalik grossmeysterlar Aleksandr Grishuk, Sergey Karyakin va Vladimir Kramnik bahs olib boryapti.
Peshqadam Karuana kecha o'tkazilgan 5-turda oq donalarda harakat qilib, rossiyalik Sergey Karyakin bilan durang o'ynadi. Bu bilan u o'z ochkolarini 3,5taga etkazib, karvonboshilikni davom ettiryapti. Qolgan barcha partiyalarda ham tomonlar murosaga kelishgan.
5-tur natijalari. Karuana – Karyakin, Din Lijen – Mamadiyarov, So – Kramnik, Aronyan – Grishhuk durang.
5-turdan keyingi holat. 1. Karuana – 3,5; 2-3. Mamadiyarov, Kramnik – 3; 4-6. Aronyan, Grishuk, Din Lijen – 2,5; 7-8. Karyakin, So – 1,5.
6-tur juftliklari. Karuana – Grishuk, Mamadiyarov – Kramnik, Din Lijen – Karyakin, So – Aronyan.
Fikrlar