17 mar 09:11
Yangiliklar
Toj uchun davogarlar kurashi. 6-turdan so'ng qo'shhokimlik
28 mart kuniga qadar davom etadigan musobaqa g'olibi shu yilning noyabrida London shahrida o'tkaziladigan supermatchda amaldagi jahon chempioni norvegiyalik Magnus Karlsenga qarshi dona surish imkoniyatini qo'lga kiritadi.
Ushbu yagona yo'llanma uchun ozarbayjonlik SHaxriyar Mamadiyarov, armanistonlik Levon Aronyan, amerikaliklar Fabiano Karuana va Uesli So, xitoylik Din Lijen hamda uch nafar rossiyalik grossmeysterlar Aleksandr Grishuk, Sergey Karyakin va Vladimir Kramnik bahs olib boryapti.
Peshqadam Karuana kecha o'tkazilgan 6-turda oq donalarda harakat qilib, Krishuk bilan durangga erishdi. Uesli So Aronyanni mag'lubiyatga uchratdi. Mamadiyarov Kramnikdan ustun keldi va ochkolari sonini 4taga etkazib oldi.
6-tur natijalari:
Karuana – Grishuk 1/2 - 1/2
Uesli So – Aronyan 1:0
Din Lijen – Karyakin 1/2 - 1/2
Mamadiyarov – Kramnik 1:0
6-turdan keyingi holat: Karuana, Mamadiyarov - 4, Kramnik, Din Lijen, Grishuk - 3; Aronyan, Uesli So - 2,5; Karyakin - 2
7-tur juftliklari: Grishuk – Mamadiyarov, Kramnik – Din Lijen, Karyakin – Uesli So, Aronyan – Karuana
Fikrlar