21 mar 10:41
Yangiliklar
Toj uchun davogarlar kurashi. Karuana hamon peshqadam
28 mart kuniga qadar davom etadigan musobaqa g'olibi shu yilning noyabrida London shahrida o'tkaziladigan supermatchda amaldagi jahon chempioni norvegiyalik Magnus Karlsenga qarshi dona surish imkoniyatini qo'lga kiritadi.
Ushbu yagona yo'llanma uchun ozarbayjonlik SHaxriyar Mamadiyarov, armanistonlik Levon Aronyan, amerikaliklar Fabiano Karuana va Uesli So, xitoylik Din Lijen hamda uch nafar rossiyalik grossmeysterlar Aleksandr Grishuk, Sergey Karyakin va Vladimir Kramnik bahs olib boryapti.
Peshqadam Karuana kecha o'tkazilgan 9-turda oq donalarda harakat qilishiga qaramay, Lijenni mag'lub eta olmadi. Bundan Mamadiyarov foydalanib qolishi mumkin edi. Lekin ozar shaxmatchisi ham Aronyan bilan durang o'ynadi.
9-tur natiajalari: Karyakin – Kramnik 1-0, Karuana – Din Lijen, Aronyan – Mamadiyarov hamda So – Grishuk partiyalarida durang qayd etildi
9-turdan keyingi holat: 1. Karuana – 6; 2. Mamadiyarov – 5,5; 3. Grishuk – 5; 4-5. Karyakin, Din Lijen – 4,5; 6-8. Kramnik, Aronyan, So – 3,5.
10-tur juftliklari: Mamadiyarov – Karuana, Grishuk – Karyakin, Din Lijen – So, Kramnik – Aronyan.
Fikrlar